Page 51 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 51

25-rasm. Dasturga ma’lumotlar kiritish.

                        Umuman  olganda  kartalar  yaratishning  GAT-texnologiyasini  quyidagicha
                 tasavvur qilsa boʻladi:
                        1.  Tayyorgarlik  ishlari.  Elektron  taxeometrlar  va  GRS  asboblaridan,

                 tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik
                 originallardan,  mavjud  fond  kartalari  va  boshqalardan  dastlabki  ma’lumotlarni
                 toʻplash.  Kartografik  va  fond  materiallarini,  rastrli  tasvirlarni  bir  xil  masshtabga

                 keltirish, soʻngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
                        2.  Yaratilayotgan  kartaning  mavzuli  qatlamlarini, ularga  tegishli  jadvallarni
                 ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi

                 mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. Shartli
                 belgilar tizimini ishlab chiqish.
                        3.  Kartaning  mavzuli  qatlamlarini  muvofiqlash,  kartografik  tasvirni  hosil

                 qilish  va  ularni  taxrir  qilish.  Kartaning  komponovkasini  ishlab  chiqish  va  uni
                 nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish.



                                              9-AMALIY  MASHGʻULOT.
                       DALA SHAROITIDA TUPROQ KESMALARINING GEOGRAFIK
                        KOORDINATALARINI GPS ASBOBI YORDAMIDA, TUPROQ
                      NAMLIGININI, PH VA SHOʻRLANGANLIGINI TEZKOR USULDA
                                               ANIQLASHNI OʻRGANISH

                       Global navigatsiya tizimlari va ularni qoʻllash sohalari haqida asosiy
                                                        ma’lumotlar.
                        Fazoviy  koordinatalarni  aniqlashning  suniy  yoʻldosh  usullari  zamonaviy

                 geodeziyada keng qoʻllaniladi. AQShda GPS (Global Positionig System), Rossiyada
                 GLONASS  (Global  Navigation  Satellite  System)  va  Yevropada  Galileo  sun’iy

                                                               51
   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56