Page 44 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 44
boʻladigan jadal jarayonlarda biosferaning aloqa vositasi boʻlgan tuproqning roli
nihoyatda katta, u atrof muhitni keng doirada kuzatishning ayrilmas qismi boʻlgan
tuproq holatlarini alohida kuzatish zarurligini belgilaydi.
Monitoring-deganda yer fondlari holatini baholash va bashorat qilish,
tuproqdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish maqsadida boʻlayotgan
oʻzgarishlarning uzoq muddatli kuzatishlari tushuniladi. Kuzatishlar global, regional
va lokal boʻlishlari mumkin. Global kuzatishlar biosferaning umumplanetar, qit’a
oʻzgarishlarining kuzatishlar tizimi. Regional kuzatishlar-yirik tabiiy-iqtisodiy
mintaqalar, rayonlar miqiyosidagi kuzatishlar va lokal ma’lum bir xudud, joyning
oʻzgarish jarayonlarini kuzatishni oʻz ichiga oladi.
Tuproq kartalarini korrektirovkalash
Tuproq kartalarini, kartagrammalarini oʻtgan yillardagi ma’lumotlarni
oʻrganib, yangi malumotlar bilan yangilash, bu malumotlarni zamon talabiga javob
beradigan holda, kartaga tushirish, unga tushuntirish xati yozish, tuproq kartasining
korrektirovkasi deyiladi. Tuproq kartasini korrektirovkalash kartografik asoslarda
bajarilishi mumkin. (aerofotosemka, materiallari topografik kartalari bilan).
Tuproq kartalarini korrektirovkalashni yerdan foydalanish kontur tarxidan
foydalanib ishlash mumkin emas. Tuproqning kartasini korrektirovkalash ishlari uch
davrga boʻlinadi:
1.Tayyorgarlik kameral davr;
2.Dala ishlari davri;
3.Analitik kameral.
Kameral davrda qilinadigan ishlar quyidagilardan iborat:
-Dala sharoitida oligan yer osti sizot suvlari va tuproq namunalari kimyoviy va
boshqa laboratoriya tekshirishlaridan oʻtkaziladi;
-Analitik tekshiruv ma’lumotlari asosida tuproq tekshiruv xujjatlari qayta
ishlanadi, solishtirib koʻriladi va umumlashtiriladi;
fermer xoʻjaliklarining yakuniy tuproq kartasi tuziladi;
- Tuproq kartasiga tushuntirish xati yoziladi.
Fermer va boshqa turdagi xoʻjaliklarining tuproq xaritalari Oʻzbekiston
Respublikasining sugʻoriladigan mintaqalari uchun 1:10000 masshtabda tuziladi.
Ulardagi 1sm joyga 100 m, 1:5000 xozirgi kundagi fermer xoʻjaliklari uchun
tuzilgan mukammal karta. Tuproq kartasi xoʻjaliklarining shu masshtabdagi yer
tuzish tarxiga chiziladi. Bu tarxda aholi yashaydigan joylar, sugʻorish kanallari,
ariqlar va drenaj tarmoqlari, sugʻoriladigan dalalarning chegaralari tasvirlangan. Har
qaysi maydon tartib raqamiga ega boʻlib, xoʻjalik maydonlari konturlar
qaydnomasida aksini topgan.
Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqlarni baholashda ularning
shoʻrlanish darajasini va meliorativ holatini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Bunda turlicha baholanishi kerak boʻlgan tuproqlar quyidagi guruhlarga ajratilgan:
44