Page 39 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 39
4-jadval
Tuproqni bonitirovka qaydnomasi
Baza Bonitirovka
№/№ Tupro Bonitetni
shkalasi
tuproq qni boʻyicha koeffisentlari maydon
(gektar)
turi nomi 1 2 3 4 yakuniy bali
ballar
Yerlarni baholash ishlari malakasi shuni koʻrsatadiki, tupqroqni bonitirovka
qilish har bir alohida holatda chegaralangan miqdordagi bonitirovka koeffisentlarini
(3 tadan oshmasligi kerak) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Koʻp miqdorda
koeffisentlarni ishlatish, ayniqsa tenglanish va ifodalanish xususiyatlari noqonuniy
ravishda tuproqni baholash ballarini pasaytiradi. Korrelyastiya va determinastiya
koeffisenti oʻlchamlari boʻyicha quyidagicha belgilandi.
togʻ oldi va togʻ osti tekisliklarda tuproq hosildorligini toʻgʻri baholash
uchun yuvilib ketish yoki yuvilib toʻplanishi koeffisenti yetarlidir. Och tusli boʻz
tuproqlarda bularga shoʻrlnish darajasi koeffisenti qoʻshiladi;
boʻz tuproq mintaqasidagi gidromorf tuproqlarni baholash uchun
gumus miqdorini, gumusli qavatini qalinligini yoki shagʻal qatlamini joylanish
chuquri koeffisenti etadi. Shagal qavati tuproq yuzasidan 70 sm chuqurlikda
joylashsa, u holda tuproqlarni baholashda fakat gumusli qatlam qalinligi
koeffisenti qoʻllaniladi.
avtomorf sugʻoriladigan choʻl zonalarini bonitirovka qilishda gumusli
qatlam qalinligi va gumus miqdori koeffisenti qoʻllaniladi.
choʻl zonalarini sugʻoriladigan gidromorf tuproqlarini bonitirovkasida
chirindi miqdorini, shoʻrlanish darajasini shagal gorizontini yotish chuqurligiga
yoki chirindi qavat quvvati koeffisentiga qoʻllash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida regional bonitirovka koeffisentlari keltirilgan edi. Shu bilan birgalikda har
xil tuproq zonalarida tarqalgan tuproq xususiyatlariga bogʻliq ravishda qoʻshimcha
koeffisentlar skeletlanganligiga, gipslashganligiga, zichligiga jalb qilinishi mumkin
boʻlib, ular respublika hududlarida keng tarqalgan va zonal va regional
chegaralanishlar yoʻqdir.
39