Page 37 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 37

1). Sovuq  (qutbiy):  2)  Moʻtadil  sovuq  (boreal):  3)  Moʻtadil (subboreal):  4)

                 Moʻtadil iliq (subtropik) kabi tuproq bioiqlim mintaqalari ajratiladi.

                        Qutbiy (sovuq) mintaqada bitta Yevroosiyo tuproq bioiqlim oblasti ajratiladi
                 va  bu  oʻz  navbatida  Arktika  va  subarktika    tundra  tuproqlari  kabi  ikki  tuproq
                 zonasini  hamda  uchta  togʻ  provinsiyalar  (Ural-Yangiyyer,  Chukotka  va  Taymir

                 singari)  ni  oʻz  ichiga  oladi.  Ekinlar  faqat  issiqxonalarda  yetishtirilib,  uncha  katta
                 boʻlmagan  maydonlardagi  dehqonchilik  esa  faqat  eng  janubiy  rayonlarda  olib
                 boriladi. Bu yerdagi asosiy  chorvachilikning yoʻnalishi-bugʻuchilikdir.

                        Boreal  (moʻtadil  sovuq)  mintaqada  4  ta:  gʻarbiy  oʻtloq-oʻrmon;  markaziy

                 tayga-oʻrmon;  Sharqiy  Sibir  muzloq-tayga  va  Uzoq  sharq  tayga-oʻtloq-oʻrmon
                 oblastlari ajratiladi.

                        Markaziy Sibir tayga-urmon oblastida kuzgi va baxorgi ekinlar, shuningdek,
                 qisqa  vegetasiya  davriga  ega  boʻlgan  sabzavot  ekinlari  ekiladi,  Sharqiy  Sibir

                 oblastining qattiq sovuq iqlimi sharoitida dehqonchilik chegaralangan boʻlib, asosan
                 oʻrmon xoʻjaligi va moʻynali xayvonlar boqishda foydalaniladi.

                        Subboreal  (moʻtadil)  mintaqada:  Gʻarbiy  qoʻngʻir  tuproqli  oʻrmon  oblasti;
                 markaziy  oʻrmon-dasht  va  dasht;  Sharqiy  koʻngʻir  tuproqli  oʻrmon;  choʻl-dasht,

                 dasht va baland togʻ choʻllari kabi 5 ta viloyatlar ajratiladi. Bu mintaqa 8 tuproq
                 zonasini va 13 togʻ provinsiyalarini oʻz ichiga oladi.

                        Qora  va  kashtan  tuproqli  Markaziy  oʻrmon-dasht  va  dasht  viloyatlari
                 dehqonchilik  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  boʻlib,  gʻallachilikning  asosiy  bazasi

                 hisoblanadi.

                        Subtropik  mintaqa  Territoriyada  uchta  tuproq  viloyatini:  moʻtadil  iliq
                 kserofit-oʻrmon-subtropik (Kavkaz orti); mu’tadil iliq va iliq choʻl-dasht va choʻl
                 subtropik (Oʻrta Osiyo) oblastini oʻz ichiga oladi.Maydoni va qishloq hujaligining

                 oʻrniga  koʻra  boʻz  tuproqli  Oʻrta  Osiyo  viloyati  katta  ahamiyatga  ega.
                 Sugʻoriladigan sharoitda paxta, gʻalla, sabzavot, sholi, kanakunjut, kunjut va boshka
                 ekinlardan yuqori hosil olinadi.

                        V.G.Popov (1990 y) oʻziga xos kenglik boʻyicha zonallik va vertikal mintaqa

                 hamda  provinsional  qonuniyatga  koʻra  Oʻzbekistonda  ikkita  tuproq-bioiqlim
                 (moʻtadil va iliq subtropik) mintaqasini ajratadi.

                        Choʻl  (arid)  zonasi  tuproqlarning  morfogenetik  xususiyatlaridagi  keskin
                 farqlar  asosida  bu  ikki:  Orol-Kaspiy,  Oʻrta  Osiyo  (subtropik)  provinsiyalariga

                 ajratiladi  va  u  oʻz  navbatida  Shimoliy,  Markaziy  va  Janubi  provinsiyalarga
                 boʻlinadi.

                        Vertikal mintaqaning och tusli boʻz va tipik boʻz tuproqlari tarqalgan pastki
                 togʻoldi-tekislik  va  qisman  togʻoldi  qismida  oʻziga  xos  subtropik  chala  choʻllar

                                                               37
   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42