Page 36 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 36

rivojlanish  tyermoenyergetik  rejimlarining  oʻxshashligi  bilan  xarakterlanadi.

                 Tuproq-bioiqlim  mintaqasi  oʻzining  atmosfera  yogʻinlari  bilan  namlanish  darajasi
                 va harakteriga koʻra quyidagi: nam (gumid va ekstragumid), oʻtuvchi (subgumid va
                 subarid), va quruq (arid va ekstraarid) oblastlarga boʻlinadi.

                              Birinchi  oblastga  oʻrmon-tayga  va  tundra  zonasi,  ikkinchisiga  –  dasht

                 kserofit  oʻrmon  va  savannalar,  uchinchisi  esa  chalachoʻl  va  choʻl  oʻsimliklari
                 qoplamli zona kiradi.

                         Tuproq  zonasi  tekis  tyerritoriyalarni  tuproq-geografik  rayonlashtirishdagi
                 asosiy birlik hisoblanadi.

                        Tuproq  zonasi  muayyan  tuproq tiplarini  ba’zan intrazonal   tuproqlarni  oʻz

                 ichiga  oladigan  tuproq-bioiqlim  oblastlari    maydonining  bir  qismidir.  Tuproq
                 zonasida  olib  boriladigan  dehqonchilik  sistemasni  oʻzining  geografik  jixatdan
                 deyarli bir xilligi bilan xarakterlanadi.

                        Tuproq    zonachasi  tuproq  zonasining  bir  qismi  boʻlib,  zonal  tuproqlar

                 orasida ma’lum tuproq tipchalari ifodalangan boʻladi.

                        Tuproq  fasiyasi  –  tuproqlari  oʻzining  temperatura  rejimi  va  mavsumiy
                 namlanishi  bilan  farq  qiladigan    tuproq  zonasining  bir  qismi  hisoblanadi.
                 Tuproqlarning  fasiyalar  boʻyicha  tarqalishi  avtomorf  tuproqlar  zonasida  yaxshi

                 oʻrganilgan.

                        Tuproq provinsiyalari.  Tekisliklardagi  tuproq  provinsiyalari deb,  mahalliy
                 tuproq  hosil  boʻlish  xususiyatlari  bilan  farqlanadigan  tuproq  zona  yoki
                 zonachasining bir qismiga aytiladi.


                        Togʻli  oʻlkalardagi  yirik  taksonomik  birlik  sifatida,  tuproq  provinsiyadari
                 vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini oʻz ichiga oladi.

                        Tuproq  qoplamining    provinsial  xususiyatlari  dehqonchilikning  mahalliy
                 zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi.

                        Tuproq  okrugi  –  tuproq  provinsiyasining  bir  qismi  boʻlib,  tuproq  paydo

                 boʻlishiga  ta’sir  etuvchi  omillar:  joyning    relyefi,  iqlimi,  oʻsimliklar  tarkibi,
                 gidrogeologik singari sharoitlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

                        Tuproq rayoni – tuproq okrugining bir qismi boʻlib, tuproq qoplamini ancha
                 bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini oshirishga

                 qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi.

                        MDH    xududida  tarqalgan  quyidagi  tuproq  –  bioiqlim  mintaqalarini,  ularni
                 tashkil  etadigan  zonalari  va  togʻli  tuproq  provinsiyalariga  nisbatan    batafsilroq
                 koʻrib chiqamiz.




                                                               36
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41