Page 33 - TUPROQSHUNOSLIK 2024 (2)
P. 33

ildizlari siyrak, xasharot izlari kam, keyingi qatlamga oʻtish sezilarli.

                        36-60 sm. Jigarrang, yangi, oʻrta qumoqli, donsimon, yumshoq, konkresiya va
                 oq  kuzanak  karbonatlar  (30%)  uchraydi,  oʻsimlik  ildizlari  uchramaydi,  xasharot
                 izlari kam, keyingi qatlamga oʻtish asta-sekin.

                        60-91  sm.  Och  jigarrang,  yangi,  oʻrta  qumoqli,  donsimon,  yumshoq,
                 konkresiya va oq kuzanak karbonatlar (30%) uchraydi, xasharot izlari va oʻsimlik
                 ildizlari uchramadi, keyingi qatlamga oʻtish aniq.

                        91-120 sm.  Och dala rang, yangi, qumoqli, changsimon, oʻrta zichlashgan,
                 konkresiya va oq kuzanak karbonatlar (10%) uchraydi.
                        Togʻ  jigarrang  karbonatli  tuproqlarda  gumusli  akkumulyativ  qatlam  qiyalik
                 ekspozitsiyasi, eroziyalanish darajalariga hamda tuproq qatlamlari quyi tomon mos

                 ravishda  oʻzgarib  boradi.  Gumusli  qatlam  qalinligi  30-70  smni  tashkil  etadi.
                 Ularning  rangi  yuvilmagan  va  yuvilib  toʻplangan  tuproqlarga  nisbatan  oʻrtacha
                 yuvilgan  tuproqlarda  ochlashib  boradi.  Chunki  tuproqning  eroziyaga  uchrashi

                 oqibatida tuproq ustki qismining yuvilishi tufayli karbonatlarning tuproq yuzasiga
                 chiqib qolishi bilan tushuntiriladi. Ushbu tuproqlarda karbonatlar yuza qatlamlardan
                 namoyon  boʻladi,  kuchli  eroziyalangan  0-20  smda,  oʻrtacha  eroziyalangan

                 tuproqlarda 12-36 hamda 22-45 smda uchraydi.
                        Togʻ jigarrang tipik tuproqlar. Bu tuproqlar Gʻarbiy Tyan-Shan, Turkiston,
                 Zarafshon, Hisor va boshqa togʻlarda juda koʻp tarqalgan. Tuproq hosil qiluvchi ona

                 jinslari lyosslar, lyossimon qumoqlar, ohaktoshlar, qumtoshlar, slaneslar, granitlar
                 va  ulardan  togʻ  yonbagʻirlarida  (ayniqsa  qiyaliklarda)  hosil  boʻlgan  prolyuvial  –
                 delyuvial yotqiziqlardir.

                        Togʻ  jigarrang  tipik  tuproqlarning  morfologik  tuzilishi  ham,  yuqorida
                 koʻrsatilgan  karbanatli  jigarrang  tuproqlar  tipchasiga  oʻxshasa ham,  biroq  ulardan
                 quyidagi xossalari va xususiyatlari bilan farqlanadi:

                        Yaxshi  ifodalangan  chimli  va  qoramtir-jigarrang  gumusli  qatlamning
                 ifodalanishi,  donador  kesakchali,  suvga  chidamli  agregatlarning  mavjudligi,
                 sergumusli.  Gumus  miqdoriga  qarab  kam,  oʻrta  va  koʻp  gumusli  guruxlarga

                 ajratiladi. Gumusli qatlam hasharotlar, ayniqsa yomgʻir chuvalchanglari tomonidan
                 yaxshi ishlangandir.
                        Oʻtuvchi qatlam bir oz ochroq rangli boʻlib, ikki qismidan iborat boʻladi.

                 Yuqori  kam  karbonatli,  toʻq  rangli,  gumusi  koʻproq,  kesakchali,  suvga  chidamli
                 agregatlari mavjud, gʻovakli qatlam.
                        Pastki  qatlam  karbonatli,  natijada  oqish  rangli,  nisbatan  kam  gumusli,

                 agregatlar  uvalanuvchan,  biroz  zichlashgan,  lekin  ikkalasida  ham  tuproq
                 hasharotlari va jonivorlari tomonidan yaxshi ishlangan qatlam mavjud.

                        Profilning  oʻrta qismi  mexanik  tarkibi  jixatdan ona  jinsga  nisbatan bir  oz
                 ogʻirlashganligi. Tuproq skeletligi kam ifodalangan.


                                                               33
   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38