Page 6 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 6
Orol dengizining qurishi va tuzli chang aerozollarni tuproq yuzasiga
o‘tirishi natijasida tuproqlar sho‘rlanishi kabi degradatsiya jarayonlarini misol qilib
ko‘rsatishimiz mumkin.
Tabiiy resurslar ichida yer alohida o‘ziga xos huquqiy maqomga ega bo‘lib,
undan ilmiy va amaliy asoslangan holda to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni alohida muhofazasini ta’minlash lozimligini taqozo
etadi.
Shunday ekan, tuproqning unumdorligini va ishlab chiqarish quvatlarini
oshirish ko‘p jihatlardan unga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda
bo‘lishga, uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar tizimiga bog‘liqdir. Bu tizim tuproq
unumdorligini saqlab qolish va oshirish uchun agroxilma-xillikni, biosferani saqlab
turish uchun zarurdir. Bu borada akademik A.P.Vinogradovning: “Bugungi kunda
biosferaga taalluqli narsalarning hammasi eng avvalo Yerning tuproq qatlamiga
taalluqlidir”, - deb ta’kidlagani tasodifiy emas. Darhaqiqat, odamlarning taqdiri ko‘p
jihatdan yer va tuproq taqdiriga bog‘liqdir.
Xususan, 22 aprel kuni – Xalqaro Yer kuni, 5 dekabr kuni esa – Xalqaro
Tuproqlar kuni deya e’tirof etilgani insonlarning yer resurslariga bo‘lgan
munosabatini yetakchi o‘rinda ekanligidan dalolat beradi. Ma’lumki, mustaqillikning
dastlabki yillaridanoq qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yerlar borasidagi
mukammal huquqiy asoslar yaratilgan va ular tobora takomillashtirib kelinmoqda.
Yer resurslaridan samarali foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash
hamda ekologik muammolarni bartaraf etish ishlarida, mamlakatimiz qishloq
xo‘jaligida puxta o‘ylab amalga oshirilayotgan aniq maqsadli tub islohotlar agrar va
iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga qaratilgan Qonunlar va ular asosida qabul
qilingan me’yoriy hujjatlarning to‘la ijro etilishini ta’minlash, shuningdek yerlardan
qat’iy maqsadli va asrab-avaylab foydalanish, sug‘oriladigan ekin maydonlari
muomaladan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tuproq unumdorligini saqlash
va muttasil oshirib borishda ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda
(Teshaboev, 2012).
Qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproq unumdor qatlamining degradatsiyaga
uchrashini oldini olishga qaratilgan ishlar davlatimizning doimiy e’tiborida va bu
borada qabul qilingan qator davlat Dasturlari asosida keng zalvorli ishlar amalga
oshirilmoqda va Xukumat tomonidan muntazam ravishda amalga oshirib
kelinayotgan keng qamrovli amaliy chora-tadbirlar asosida qishloq xo‘jalik yerlari
bilan bog‘liq munosabatlardagi muammoli vaziyatlar o‘zining ijobiy yechimini
topmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2007 yil 29 aprelda
qabul qilingan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar
Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan “Erdan foydalanish va uni muhofaza qilish
ustidan davlat nazorati to‘g‘risida”gi Nizom mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlarga oid o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, huquqiy-demokratik
davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida muhim ahamiyatga ega
bo‘lmoqda.
6

