Page 10 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 10
2. Kimyoviy va fizikaviy degradatsiya.
Tuproqning kimyoviy va fizikaviy degradatsiyasi – bu tuproq singdirish
sig‘imidagi jarayonlar, jumladan kislotalik-ishqoriylik xossalarini, oksidlanish-
qaytarilish potensialini, makro- va mikroelementlarini hamda o‘simliklar uchun zarur
bo‘lgan hayot elementlarining salbiy tomonga o‘zgarishidir.
3. Biologik va biokimyoviy degradatsiya. Biologik va biokimyoviy
degradatsiya – bu tuproq organik qismining o‘zgarishi va sifatining yomonlashishi,
tuproq organizmlarini sifat va miqdor tarkibining salbiy tomonga o‘zgarishidir.
Tuproq degradatsiyasining o‘ziga xos turlaridan biri - tuproqlarning zaharli
kimyoviy va organik birikmalar, og‘ir metallar, neft va neft mahsulotlari hamda
radioktiv elementlar bilan ifloslanishidir.
Tuproq degradatsiyasining asosiy turlariga: tuproqning fizikaviy, fizik-
kimyoviy, biologik xossalariga, havo, suv va issiqlik rejimiga salbiy ta’sir etuvchi,
eroziya, degumifikatsiya jarayonlari, qatlamlarning zichlanishi, kislotalikning ortishi,
ikkilamchi sho‘rlanish, botqoqlanish kabilar kiradi.
Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasining barcha turlari
har xil darajada bo‘lishi mumkin, ya’ni kuchsizdan kuchligacha va h.k. Tuproq
degradatsiyasi miqdor ko‘rsatkichlari yordamida ajralib turadi yoki sifat belgilari
ko‘rinishida ham bo‘ladi.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi tiplarga bo‘linadi:
texnologik (erdan uzoq muddat foydalanish)
tuproq eroziyasi
sho‘rlanish
botqoqlanish
tuproqning ifloslanishi
cho‘llashish (qurg‘oqchilik).
Atrof-muhit va tuproq qoplamining degradatsiyasini baholashda ayrim olimlar
tomonidan taklif qilingan quyidagi gradatsiyadan (1-jadval) foydalanish mumkin.
1-jadval
Atrof-tabiiy muhit degradatsiyasining gradatsiyasi
№ Atrof-muhit holatining buzilganligi Atrof-tabiiy muhit ekologik
sifatining buzilish darajasi
1 Juda kam: atrof-muhit buzilmagan Shartli nol
2 Past: tabiiy-muhit buzilgan, lekin ma’lum bosim Past
sharoitida o‘zini-o‘zi qayta tiklashi mumkin
3 O‘rtacha: tabiiy muhit buzilgan, uning o‘zini-o‘zi O‘rtacha
qayta tiklash xususiyati ma’lum bosim kuchi
pasayganda bo‘ladi
4 Yuqori: tabiiy muhit kuchli buzilgan, o‘zini-o‘zi Yuqori
qayta tiklay olmaydi
5 Juda yuqori: tabiiy muhit qaytarilmas darajada O‘ta yuqori
buzilgan, qayta tiklanishi mumkin emas
10

