Page 9 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 9
vazifalarining o‘zgarishining jarayonlari va natijalari tushuniladi” (Karmanov,
Bulgakov, 1998).
Degradatsiya so‘zi polyak tilidan olingan bo‘lib, (Degradaya-lotin tilida esa
degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va “pastga ketish” degan ma’noni
anglatadi.
Tuproq degradatsiyasi – bu jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, ular tuproqlarning
funksiyasini o‘zgarishiga, xosslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining
yomonlashishga va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va
antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqlarning turg‘un
xossalarining buzilishi, xo‘jalik nuqtai nazardan bahosining tushishi va
samaradorlikning pasayishidir.
Yuqorida keltirilgan aniqliklarni tuproq elementar arealidagi barcha kompleks
degradatsiyaga oid o‘zgarishlarga qo‘llash mumkin va shu bilan birga aniq bir
degradatsiya turiga ham tadbiq qilsa bo‘ladi. Bu yondoshishlar tuproq strukturalari
qoplami ko‘lamida tarqalishi mumkin.
Zamonaviy tuproqshunoslik tushunchasida “tuproq degradatsiyasi” yoki
“tuproq qoplami degradatsiyasi” antromarkazlashgan vaziyat ko‘rinishida baholanadi
yoki qulaylik vaziyati sifatida va insonni o‘rab turgan atrof-muhitdagi hotirjamlik va
farovonlik tushuniladi.
Yerning ustki qismida tuproq qoplamiga ega bo‘lmagan yerlar (kumlar, ochiq
tog‘ jinslari, qiyalik hosilalari va boshqalar) nazariy jixatdan degradatsiyaga
uchramaydi yoki kuchsiz degradatsiya tasirida bo‘ladi. Shu sababli yer degradatsiyasi
yoki tuproq degradatsiyasi deb yuritiladi.
Ko‘p holatlarda «tuproq qoplamining degradatsiyasi» termini ishlatiladi. Keng
va aniq ma’noda (DKD) foydalaniladigan (jumladan, qishloq xo‘jaligida) yerlarning
funksional tavsifining yomonlashishi, tabiiy sharoitda o‘zgarishi, tabiatdagi
foydalanish tizimiga moslashishi, tor ma’noda esa qishloq xo‘jaligida foydalanish
sharoitining yomonlashishi tabiiy va texnogen omillar ta’sirida iqtisodiy
samaradorligining kamayishiga yetaklovchi yoki xo‘jalik yuritish tizimida paydo
bo‘layotgan ekologik xafsizlikni anglatadi.
Tuproq degradatsiyasining antropogen omillari ikki guruhga bo‘linadi:
maqsadli tavsiflanadigan va maqsadsiz yo‘naltirilgan.
1. Maqsadli yo‘naltirilgan ─ bu tuproqlarning xossalariga aniq yo‘nalishda
ta’sir qilishga qaratilgan.
2. Maqsadsiz yo‘naltirilgan ─ bu tuproq qoplamiga kompleks aralashgan holda
ta’sir qilib, uning xossalarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Fizik va mexanik degradatsiya. Tuproq granulometrik tarkibining o‘zgarishi
bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayonini kuzatilishi, tuproq
qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining
buzilishidir.
9

