Page 13 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 13
aylanmasidan qimmatbaho sug‘oriladigan yerlar chiqmoqda. Bundan tashqari,
tuproqlarga solinadigan o‘g‘it va zaharli kimyoviy moddalarning uchdan bir
qismi tuproqdan yuvilib, suv havzalarida yig‘iladi va atrof-muhitga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.Tuproq degradatsiyasini tezlashtiruvchi omillarga quyidagilarni keltirish
mumkin (3-rasm).
3-rasm. Tuproq degradatsiyasini tezlashtiruvchi omillar
(Degradatsiya i oxrana pochv, 2002).
Degradatsiya jarayonlari oqibatida:
tuproqning yuqori unumli qatlami va undagi oziqa moddalari yo‘qoladi
sizot suvlari sathining ko‘tarilishi natijasida sho‘rlanish jarayoni yuzaga
keladi
tuproqning fizik xossalari o‘zgaradi
tuproqdagi tirik organizmlari dunyosining biomassasi va bioxilma-xilligi
kamayadi
zaxarli kimyoviy preparatlar to‘planadi
*Erlarning degradatsiyasi muammolari va uni O‘zbekistonda hal etish yo‘llari. BMT
taraqqiyot dasturining to‘plami. Toshkent, 2012.
Respublikamizning 643,2 ming ga sug‘oriladigan yerlari irrigatsiya eroziyasiga
duchor bo‘lgan. Qashqadaryo (159,7 ming ga), Toshkent (138,6 ming ga), Samarqand
(121,9 ming ga) viloyatlarining sug‘oriladigan yerlari irrigatsiya eroziyasiga ko‘proq
duchor bo‘lgan. Suv eroziyasiga (jami 746,4 ming ga) Qashqadaryo, Toshkent,
Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi lalmi yerlari uchragan.
Shuning uchun, ushbu yerlarda eroziyaga qarshi aniq maqsadli chora-tadbirlar
amalga oshirilishi lozim.
O‘zbekistonda shamol ta’siri ostidagi tuproq deflyatsiyasi 50% dan ortiq
cho‘l va bo‘z tuproq mintaqalarini qamrab olgan. Farg‘ona vodiysining g‘arbiy
va markaziy qismi, Buxoro vohasi, Mirzacho‘lning shimoliy-g‘arbiy cho‘li, Karshi
va Sherobod cho‘llari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm
13

