Page 17 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 17

5-rasm. Dunyo bo‘yicha degradatsiyaga uchragan yerlarning chizma-haritasi
                                          (Maksapovinskiy V.P. bo‘yicha)

                   Qishloq    xo‘jaligi   mahsulotlarini    ishlab   chiqarish,  garchi  yer     va   suvga
            bog‘liq    bo‘lsada,    bu   muhim  resurslarning       holatiga   keskin    ta’sir  etgan    va
            ta’sirini   o‘tkazib    kelmoqda.  Qishloq      xo‘jaligi  O‘zbekiston  iqtisodining  muhim
            sektorlaridan  sanaladi  va  2011  yil  yakunlariga  ko‘ra  mamlkatimiz  yalpi  ichki
            mahsulotidagi  (YaIM)  qishloq  xo‘jaligining  ulushi  17,5%  tashkil  qildi.  Oziq-ovqat
            xavfsizligi  nuqtai  nazaridan  O‘zbekistonda  qishloq  xo‘jaligi  jami  oziq-ovqat
            iste’molini  90  %    qoplaydi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  Qo‘mitasi
            ma’lumotlari, 2011).
                   Sug‘oriladigan  hududlarda  tuproq  degradatsiyasi  umumiy  darajasi  yuqori.
            Umumiy  sug‘oriladigan  maydonning  55%  degradatsiyaga  uchragan.  78,000  ga
            sug‘oriladigan yer     sho‘rlanish va/yoki zax suvlarining yuqoriga chiqishi natijasida
            batamom ishlab chiqarishdan chiqib qolgan (6-rasm).



                                                                                          шўрланмаган ва
                                               ювилмаган                     22%          ювилган
                       32%                                       32%                      кам шўрланган
                                               кам
                                      53%      ювилган                            10%     ўртача
                                               ўртача                                     шўрланган
                                               ювилган                                    кучли
                                               кучли                                      шўрланган
                      7%                                                      16%
                                               ювилган      6%                            жуда кучли
                 5%                                                                       шўрланган
                                                                14%
                    3%



                6-rasm. O‘zbekiston sug‘oriladigan yerlarining yuvilish va sho‘rlanish bo‘yicha
                                                     taqsimlanishi.
                                                            17
   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22