Page 20 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 20
7-rasm. Foydali qazilmalarni qazib olishda yerlarning degradatsiyasi
Umumiy holatda tuproq qoplamining foydali qazilmalar qazib olish va maishiy
qurilishlar paytida buzilishi 5 guruhga ajratilishi mumkin:
- yaroqsiz jinslar uyumining hosil bo‘lishi;
- karerlar va tashlanmalar chuqurlari hosil bo‘lishi;
- relef o‘zgargan chiqindisiz karerlar;
- maishiy tarmoqlar va yo‘l qurilishi vaqtida tuproq qoplamining buzilishi;
- neft qazib olish bilan bog‘liq tuproqning buzilishi.
Karer va shaxtalardagi suvlarni kuchli nasoslar orqali olib tashlash ham yer osti
suvlari zahirasini pasayib ketishga va yerning ustki tuproq qoplami suv rejimini
buzilishga hamda o‘simlik va tuproqni degradatsiyaga uchrashiga olib keladi. Yirik
karerlar hosil bo‘lishi natijasida ularning yon bag‘irlarida (bortlarida) deformatsiya
ta’sirida ko‘chkilar sodir bo‘ladi, yani mexanik nurash jarayoni yuzaga keladi.
Bunday jarayonlar qiyaliklarning katta-kichikligiga bog‘liq ravishda hajmi o‘zgarib
turadi. A.X.Maxinova, A.N.Maxinov (2004) ma’lumotlariga qaraganda tuproq
degradatsiyasi jarayoni qiyalik (30% dan) katta (o‘ta qiyalikda) bo‘lgan holatlarda
tez-tez yuzaga keladi, rivojlanadi va mexanik buzilgan maydon hududga nisbatan 10
% ni tashkil qiladi.
Tuproq qoplamlarining ko‘chishi (bo‘linishi, ajralishi) qatlamlarda issiqlik
almashinishi buzilishiga, ichki yonbag‘irlar oqimining paydo bo‘lishiga, tuproq
ko‘chkilarining qiyalik bo‘ylab pastga siljishiga, profilning deformatsiyasiga va
tuproq degradatsiyasining kuchayishiga olib keladi.
Bugungi kunga qadar yuqorida qayd qilingan holatlarning oldini oladigan, bitta
so‘z bilan aytganda to‘liq analiz qilib, foydali qazilmalarni qazib olishda tuproq
degradatsiyasining oldini oladigan va bugungi kun talabiga javob beradigan yagona
mezon ishlab chiqilmagan. A.N.Maxinov va boshqalar (2005) Rossiyaning
Xabarovsk o‘lkasi shimoliy tumanlarida oltin qazib oladigan konlar hududidagi
tuproq qoplamining mexanik buzilishini, o‘zgarishini bashorat qilish va sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni boshqarish bo‘yicha uch bosqichdan iborat mezon
ishlab chiqishgan va ishlab chiqarishga tavsiya qilishgan.
20

