Page 22 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 22

8-rasm. O‘rmonlarni kesish oqibatida yerlarning degradatsiyaga uchrashi.


                   V.V.Dokuchaev  o‘z  vaqtida  ilmiy  tadqiqot  ishlariga  asoslanib,  yer  yuzidagi
            tuproq  tiplarini,  tuproq  poyaslarini  o‘simlik  poyaslari,  iqlimi,  tabiiy  tarixi  bilan
            solishtirib,  mintaqaviylik  –  tabiatni  asosiy  qonunlaridan  biri  ekanligiga  aniqlik
            kiritgan.
                   O‘rmonlar qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan resurslar qatoriga kiradi. Ulardan
            oqilona foydalanish, muhofaza qilish, o‘simlik qoplamining o‘zgarishi, tiklanishi kabi
            tabiat  qonunlariga  asoslangan.  O‘rmonlar  xalq  xo‘jaligining  turli  sohalarida
            foydalaniladi, ular kimyoviy moddalar olish uchun manba hisoblanadi va 20 mingdan
            ortiq  buyum  va  mahsulotlar  olinadi.  Dunyoda  olinadgan  yog‘och  mahsulotining
            yarmidan ko‘pi issiqlik (yoqish) uchun ishlatiladi, qolgan qismi qurilish materiallari
            sifatida  foydalaniladi.  O‘rmonlarning  tabiat,  hayvonot  olami,  o‘simlik  qoplami  va
            inson  uchun  ahamiyati  juda  katta,  ulardagi  daraxtlar  havoni  tozalaydi,  hayvonlar
            uchun oziqlanish joyi hisoblanadi, tuproqni eroziyadan va undagi namlikni saqlaydi,
            qishloq xo‘jalik o‘simliklari uchun qulay mikroiqlim yaratadi, kumlarni ko‘chishdan
            va suvlarni ifloslanishidan  saqlaydi.
                   Daraxt-yog‘ochlarni  kesish  va  tashish  texnologiyasi  tuproq  sharoitini
            o‘zgartirishda muhim xususiyatga ega. Tuproq chimli yotqizig‘ining yo‘qotilishi suv
            tezligini  3-5  marta,  buzilgan  yerlarda  suvning  loyqaligi  100  martalab  ortib  ketadi
            (Xutorsev, 1962), shuningdek kam bo‘lmagan holda tuproq eroziyasi paydo bo‘lishi
            mumkin.
                   Daraxtlar kesilgan joyda quyidagi salbiy holatlar yuzaga keladi:
                   -  gumus qatlami qalinligining kamayishi;
                   -  abiotik cho‘kindilarning hosil bo‘lishi;
                   -  fizik loy miqdorining kamayishi;
                   -  yuqori qatlam tuzilishi qalinligidagi muvozanatning oshishi;
                   -  filtratsiya koeffitsientining o‘zgarishi;
                   -  tuproq profili quvvatining pasayishi;
                   -  yuza toshliligining ko‘payishi;
                   -  sho‘rlanishning ortishi;
                   -  almashinuvchi natriyning ko‘payishi.
                   O‘rmonlarning  kesilishi  yoki  yong‘inlar  ta’sirida  yo‘qotilishi  natijasida
            landshaft miqyosida tuproq qoplamida quyidagi o‘zgarishlar bo‘ladi:

                                                            22
   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27