Page 26 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 26
Qizilqumda asosiy maydonni unumdorligi past va tanazzulga uchragan yerlar
tashkil qiladi. Ayni paytda quduqlar va aholi punktlari yaqinidagi katta maydonlar
yoqilg‘i uchun o‘simlik tayyorlash tufayli yemirilgan. Bu esa hududning
cho‘llanishiga olib keladi. Ayrim yillardagi ob-havo sharoitiga qarab, cho‘lga
aylangan yaylovlarda o‘sayotgan o‘simliklar 9-55 turining hosildorligi esa
gektaridan 2-9 sentnerni tashkil etadi (11-rasm).
Turli tashkilotlar hisob-kitoblariga ko‘ra, yaylovlarning o‘rtacha hosildorligi
gektaridan 2,4-2,7 sentnerni tashkil qiladi. Har besh yilning birida hosildorlik past,
ikki yilida o‘rtacha va keyingi ikki yilida esa ko‘p bo‘ladi. Bunday sharoitda ozuqa
zahirasini tashkil etish, bo‘ta va bo‘tasimon o‘simliklarni ekish hisobidan o‘simliklar
turlarini ko‘paytirish zarur. Buxoro va Navoiy viloyatlarida respublika bo‘yicha jami
qo‘ylar sonining 22, tuyalarning 60,8 foizi boqiladi. Ular uchun cho‘l o‘simliklari
asosiy ozuqa bazasi hisoblanadi.
11-rasm. Yemirilgan qiyalikda o‘simlik qoplamining yo‘qolishi.
Respublikamizda yaylovlar mahsuldorligini oshirish yoki ushlab turish
bo‘yicha bir qancha texnik yechimlar tavsiya etilgan. Ular ichida umumiy eroziyaga
qarshi kurash choralari sifatida eng zaif hududlarga mol kiritilishiga cheklanishlar va
haddan tashqari o‘tlatishga chegirmalar, holati yomonlashgan yaylovlarda qayta
urug‘ ekish, yangi yem-xashak ekinlarini va yangi nav xillarini joriy qilish kabilarni
keltirish joizdir.
Yaylovlarning degradatsiya darajasi umumiy indikatori eroziya va
sahrolanish jarayonining chuqurligini ko‘rsatadi.
Samarqanddagi Qoraqo‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti
ko‘rsatkichlariga asosan cho‘l yaylovlarini 40 foizi degradatsiya ta’sirida,
institutning tavsiyasiga binoan ayniqsa Qizilqum cho‘li (44 %) yaylovlarini
boshqarish, tiklash va muhofaza qilish muhim ahamiyatga egadir. Bunda yer sathini
bioremediatsiya (fitomelioratsiya) usuli bilan kattalashtirish va samarali navlarni, shu
jumladan ekzotik o‘simliklarni ko‘paytirish yo‘li bilan muhofaza qilish hamda
unumdorlikni oshirish mumkin. Yaylovlarni tiklash va muhofaza qilishda o‘tlatishga
26

