Page 28 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 28
va birinchi navbatda gumus miqdoriga bog‘liq, ya’ni tuproq gumusga qancha boy
bo‘lsa, shuncha kam zichlashadi.
Hayvonlarni o‘tlatish ikki xil ta’sir qiladi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tlarga,
o‘simliklar uzib olinganda va tuyoqlari bilan bosib sindirilganda va tuproq rejimini
o‘zgarishi orqali ta’sir qiladi. Odatda hayvonlar o‘tlatilganda tuproq qoplami
zichlashadi, ayrim joylarda sizot suvlarining kapillyarlar orqali sathining ko‘tarilishi
va parlanish munosabati bilan sho‘rlanish rivojlanadi. Tuproqlarning nam holatlarida,
ayniqsa qo‘ylar o‘tlatiladigan qiyaliklarda, ularni oyoq izlari o‘rnida chuqurchalar
hosil bo‘ladi. Qumli va mexanik tarkibi yengil bo‘lgan tuproqlarda chimli qatlam
buziladi va natijada tuproq eroziyasini kuchayishiga olib keladi.
Tuproqning zichlanishi uning g‘ovakligining kamayishi bilan bog‘liq.
Avvalambor agregatlar oralig‘idagi g‘ovaklik kamayadi, kapillyar g‘ovaklik miqdori
ortadi. Ko‘p yillar davomida hayvonlar boqilgan chimli podzol tuproqlarda kapilyar
bo‘lmagan g‘ovakliklar, vegetatsiya davrida 2 marta kamaygan (8 % dan 4 % gacha).
Bu holat tuproqning havo rejimini yomonlashtiradi, suv o‘tkazuvchanligini
kamaytiradi. Yil davomida bir gektar yaylovda 10, 15, 19 va 22 bosh qo‘y boqilganda
og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik 19 mm/min. dan mos holda
13,5; 10,8; 6,10 va 3,6 mm/min. gacha kamayganligi aniqlangan (Willat, Pullar,
1984). Gumus miqdori yuqori bo‘lgan tuproqlarda bu holat kamroq darajada
o‘zgarishga uchragan.
Hayvonlarni o‘tlatish tuproqlarning strukturasiga ham ta’sir qiladi, agregatlar
buziladi, agregatlar oralig‘idagi g‘ovakliklar kamayadi. Agregatlarning suvga
chidamligigi tezda kamayadi. Agregatlarning degradatsiyaga uchrashi gumus miqdori
ko‘p bo‘lgan tuproqlarda kamroq kuzatiladi. Yaylovlar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
- haydab kelinadigan podalar uchun yaylovlar. Ular aholi punktlaridan uzoqrok
joylarda joylashgan bo‘lib, chorvachilikda yoz oylarida foydalanishga mo‘ljallangan;
- intensiv foydalaniladigan yaylovlar. Ular fermalar va qishloqlar o‘rtasida
joylashgan yaylovlar bo‘lib, barcha hayvon turlari va guruhlari bo‘yicha yil davomida
foydalaniladi;
- qishloqlar o‘rtasidagi yaylovlar. Ular qishloqlarga yaqin joylarda joylashgan
bo‘lib, yil davomida asosan hayvonlarni o‘tlatish uchun foydalaniladi.
Fasllar bo‘yicha yaylovlardan foydalanish quyidagilarga bo‘linadi:
- kuzgi-bahorgi o‘tlatish;
- yozgi o‘tlatish;
- qishki o‘tlatish (14-rasm).
Yaylovlar madaniy-texnik yoki xo‘jalik holati bo‘yicha quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
- toza yoki shartli toza;
- chakalakzorlashgan;
- turli parazit o‘t o‘simliklar bilan ifloslangan;
- toshlashgan;
- eroziyaga uchragan.
28

