Page 33 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 33
4-jadval
Tuproqning fizik degradatsiyasi ko‘rsatkichlari va mezonlari (namuna)
Ko‘rsatkich Degradatsiya darajasi
0 1 2 3 4
Rossiya tabiatni muhofaza qilish instituti
Organik qatlamning qalinligi (quvvat <0,1A (0,1- (0,3-0,5) (0,6-1,0) >A
ulushida kamayish) 0,2) A A A
Abiotik keltirilmagan qalinligi, sm <1 1-3 4-10 11-20 >20
Rossiya Yer qo‘mitasi uslubiyoti
Fizik loy miqdorining (dastlabkidan <5 5-15 16-25 26-32 >32
%) ulushida kamayishi
Tuproq haydalma qatlami zichligidagi <10 10-20 21-30 31-40 >40
barqarorlikning ortishi (dastlabkidan
% da)
Tuproqlarning degradatsiyasi darajasi “Tuproq va yer degradatsiyasi zararining
o‘lchamini aniqlash bo‘yicha uslubiyot” kitobida batafsil tahlil qilingan. Eroziyaning
tezligini tahminiy baholashni quyidagi shkala bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin
(Guidelines, 1988).
5-jadval
Tuproq materialining yo‘qotilishi
Darajalar t/ga/yil mm/yil
Kuchsiz eroziya yoki yo‘qlik <10 <0,6
O‘rtacha 10-50 0,6-3,3
Kuchli 50-200 3,3-13,3
Juda kuchli >200 >13,3
Tuproq va yer degradatsiyasi har bir indikator ko‘rsatkichi bo‘yicha 5 xil darajada
ifodalanadi:
0 – degradatsiyalanmagan (buzilmagan)
1 – kam degradatsiyalangan
2 – o‘rtacha degradatsiyalangan
3 – kuchli degradatsiyalangan
4 – juda kuchli degradatsiyalangan (buzilgan)
Tuproq fizik degradatsiyasini kamaytirishning umumiy talablari quyidagilarni
o‘z ichiga oladi: tuproqning strukturasi va qatlamini yaxshilash, unumdorligini
oshirish va texnikalar ta’sirida tuproqlarning zichlanishini maqbul darajagacha
kamaytirish maqsadida gumusli holatini optimallashtirish; tuproqlarning zichlanishi
bilan bog‘liq muammolar yechimini topish maqsadida harakatdagi mavjud
texnikalarning (yuruvchi qismlarini) modernizatsiya qilishni va tuproq qoplamiga
bosimi talab darajasida bo‘lgan yangi texnikalarni ishlab chiqish; ekiladigan o‘simlik
turlariga qarab, yerlarga har xil chuqurliklarda ishlov berish.
33

