Page 31 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 31
15-rasm. Qishloq xo‘jalik texnikalarining tuproqni zichlashtirish holati.
Tuproqning zichlanishi aeratsiya, shimish va suv filtrlanishini ta’minlaydigan,
o‘simliklar o‘zlashtira oladigan va qiyin o‘zlashtiradigan g‘ovaklarni hajmini
oshiradigan, yirik agregatlar va agregatlar o‘rtasidagi bo‘shliqlar hajmi hisobiga
umumiy g‘ovaklikning kamayishiga olib keladi. Buning natijasida tuproqlarning suv
va havo rejimi yomonlashadi. Tuproq zichlashganda umumiy g‘ovaklik 5-20 % ga,
agregatlar g‘ovakligi esa 3-7 % ga kamayadi. Tuproqlarni texnikalar ta’sirida
zichlashishi mustahkam bog‘langan strukturalarning buzilishi, plastik deformatsiya
natijasida tuproq qoplamining fizik xossalari degradatsiyaga uchraydi va uning
deformatsiya ta’siridagi zichlashishi 3-5 yilgacha saqlanadi.
16-rasm. Og‘ir texnikalar ta’sirida tuproqning zichlanishi.
Tuproqlarning noqulay fizik xossalarga ega bo‘lishini slitizatsiya deb atash
qabul qilingan. Bu keskin bo‘kish, nam holatda qatlamlarning yaxlit bo‘lishi,
strukturalarning bo‘lakchalar shaklida va quruq holatda yirik yoriqlarning bo‘lishi
bilan ajralib turadi. Qoida bo‘yicha muhitning xossalari ichida og‘ir mexanik tarkibli,
suv rejimi maxsus bo‘lgan, organik moddalar miqdori yuqori bo‘lmagan,
31

