Page 27 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 27
vaqtincha cheklovlar kirgizish va suv havzalari atrofida haddan tashqari zichlikni
kamaytirish talab etadi.
Tabiiy va sun’iy o‘tloqlar murakkab tashkil qilingan o‘simliklar qoplamidan
iborat bo‘ladi, ularga insonning har qanday ta’siri (hayvonlarni o‘tlatish, xashak
o‘rish, o‘g‘itlash, sug‘orish) o‘simliklar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi orqali
bo‘ladi. Bu o‘zaro aloqalar qonuniyatlarini tashkil qilinganligini bilmasdan turib,
ulardan noto‘g‘ri foydalanish yoki yaxshilash kabi masalalarni hal qilib bo‘lmaydi.
Hayvonlarni o‘tlatishda o‘tloqlar tarkibi o‘zaro aloqasining o‘zgarishiga -
yaylov degressiyasi deyiladi. Hayvon yaylovga, turlarga, ularning miqdoriga,
yaylovga kelgan vaqtiga va qayta o‘tlash tezligiga qarab turlicha ta’sir qiladi (13-
rasm).
Hayvonlarni o‘tlatishda tuproqlarning muhim fizik xossalari o‘zgaradi.
Hayvonlarning tuyoqlari ta’sirida muntazam o‘tlatish oqibatida tuproq qoplami
zichlashadi. Ayrim tuproqlarda zichlanish tuproq uyumlarini siljitish bilan kuzatiladi,
ayniqsa bahor oylarida, kuchli namlangan tuproq qatlamlarida bu kuchli namoyon
bo‘ladi. Yirik qoramol tuyoqlari 1,5-2,0 kg/sm (qoramol turgan vaqtida), yurib
2
2
turgan vaqtida 4 kg/sm ga yetadi, ya’ni traktor g‘ildiraklari bosimidan ham yuqori
bo‘ladi (Degradatsiya i oxrana pochv, 2002).
13-rasm. Hayvonlarni boqishda tuproq va o‘simlik qoplamiga ta’sir qiluvchi
omillarning chizma-tasviri.
Qoramollarning yurib ketayotgan vaqtida oldingi oyoqlari tuyoqlarini bosimi
bir yarim marotaba ko‘p bo‘ladi. Qo‘ylarning tuyoqlari bosimi qoramollarnikiga
nisbatan 2-3 marta kam bo‘ladi. Hayvonlarning tuyoqlarining bosimi ta’sirida tuproq
qoplamining 8-12 sm qatlamiga ko‘proq, ostki qatlamlarda uning bosimi birdan
kamayadi, 20 sm qatlamida 5-10 % ni tashkil qiladi.
Tuproqlarning zichlanishi yaylovlarda o‘tlayotgan hayvonlarning harakatlanish
tezligi va davomiyligiga bog‘liq. Tuproqning zichlanishiga uning xossalari ta’siriga
27

