Page 24 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 24
9-rasm. O‘rmon yong‘inining aerokosmik fotosurati.
Yong‘inlarni kelib chiqish sabablari - insonning olovga ehtiyotsizlik bilan
bo‘lgan munosabati, olovni uchirmaslik, yonuvchi gugurtlar, sigaret qoldiqlari
bo‘lishi mumkin. Yong‘in kelib chiqishiga yana qishloq xo‘jaligi ekinlari qoldiqlari,
o‘rmonlar atrofidagi xashaklarni yoqish yo‘li bilan tozalash, traktor va
avtomobillarning yonish trubasidan chiqadigan olov va uchqun ham sabab bo‘lishi
mumkin. O‘rmonlardagi yong‘inlarning kelib chiqishiga 97 % holatda insonlar
sababchi bo‘ladi. Shuning uchun yong‘inning oldini olish bo‘yicha olib boriladigan
tashviqot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
§2.3. Hayvonlarni o‘tlatishda tuproqlarning mexanik buzilishi
Hozirgi vaqtda tuproq degradatsiyasi eng global muammolardan biri
hisoblanadi va bunda asosiy joyni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar egallaydi.
Ularning xarakterli qirralari doim (asosan salbiy) antropogen omillar ta’sirida bo‘ladi.
Jumladan, o‘tlovlar va yaylovlar tabiiy oziqali o‘simliklar jumlasiga kiradi.
O‘tlov yoki cho‘ldan ko‘k oziqa o‘tlar va xashak tayyorlash uchun
foydalaniladi yoki pichan deb yuritiladi. Pichan xalq xo‘jaligida foydalanilishi bilan
birga yana bir qator ekologik belgilari bilan ham farq qiladi. Yaylovlar podalar
ta’sirida bo‘ladi, ular tuproq qoplamiga, o‘simliklarga va boshqa tabiiy komponentlar
kompleksiga ta’sir qiladi (10-rasm).
Tabiiy o‘tlovlar va yaylovlar MDH davlatlarida 320 mln. gektar maydonni
tashkil qiladi. Shundan xashaklar (barchasi) boqish oziqalari uchun mo‘ljallangan
maydonlarning 12 % ni tashkil qiladi. Ular asosan Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya
va Ukrainaga to‘g‘ri keladi. MDH davlatlari umumiy tabiiy yaylov maydonlarining
55 foizi Qozog‘istonga, Markaziy Osiyo davlatlariga 21%, Rossiya Federatsiyasiga
18% to‘g‘ri keladi.
24

