Page 19 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 19

Parmalash quduqlarini qurish, hududni og‘ir texnikalar bilan tekislash vaqtida
            tuproq strukturali holatining buzilishi sodir bo‘ladi.
                   Yer  osti  foydali  qazilma  boyliklari,  tabiiy  minerallar,  yer  qatlamlarida  hosil
            bo‘lishiga  qarab,  o‘zining  kimyoviy  tarkibi  va  fizik  xossalari  bo‘yicha,  xalq
            xo‘jaligining turli sohalarida samarali qo‘llaniladi.
                   Yer      osti  foydali  qazilmalar       ishlab  chiqarishda  foydalanishiga  qarab
            metallilarga,  metall  bo‘lmagan  hamda  yonuvchi  (yoki  kaustobiolitlarga)  va
            gidromineralli foydali qazilmalarga bo‘linadi.
                   Metalli foydali qazilmalar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: qora rudalar
            (Fe, Gr, Mn, Ti), rangli rudalar (Cu, Zn, Rb, Al va b.), noyob rudalar (Ta, Nb, Be, Zr,
            Li, Se va b.), radioktiv rudalar (U, Th, Ra) kamyob metallar (Au, Ag, Pt, Os, Ir, Rh,
            Pd,  Ru),  ishlab  chiqarish  uchun  xom-ashyo  sifatida  ishlatiladigan  minerallar
            (asbestlar,  slyuda,  grafit,  qimmatbaho  toshlar  va  b.),  tog‘  ishlab  chiqarish  jinslari
            (loylar, qumlar, granitlar va b.), yonuvchi foydali qazilmalar (neft, gaz, toshko‘mir,
            qo‘ng‘ir ko‘mir, torf va yonuvchi slanslar), gidromineral foydali qazilmalar,  yer osti
            chuchuk suvlari, mineral (tarkibida J, Br, B va b. bo‘lgan) suvlar.
                   Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gaz holatlarda bo‘ladi. Foydali qazilmalar
            kelib  chiqishiga  qarab  magmatogenli,  metamorfogenli  va  ekzogenli  guruhlarga
            bo‘linadi.  Yer  qatlamlarida  magmatik  erigan,  suyuq  rudalarning  sovushi  natijasida
            Cr, Fe, Ti, Ni, Ta, Nb, Zr, Pt  va boshqalar hosil bo‘ladi.
                   Metamorfogenli zalejlarning chuqur qatlamlarida katta bosim va harorat ostida
            oltin, uranli rudalar hosil bo‘ladi.
                   Ekzogen  foydali  qazilmalar  (cho‘kindi  yonuvchi  foydali  qazilmalar,  qurilish
            materiallari, Au, Pt, U, Cu, S, olmos va boshqalar) tashqi (quyosh nuri) shamol va
            muzliklar ta’sirida hosil bo‘ladi.
                   Mineral resurslarni qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida birinchi navbatda

            tuproq qoplami mexanik buzilishga uchraydi. Foydali qazilmalarni qazib olish ishlari
            ochiq  (karerlarda)  va  yopiq  (shaxtalarda)  usullarda  olib  boriladi.  Dunyoda  birorta
            davlat  yo‘qki,  to‘liq    barcha  turdagi  mineral  xom-ashyosiga  ega  bo‘lgan.  Barcha
            turdagi  foydali  qazilmalarni  qazib  olish  jarayoni  ta’sirida  tuproq  qoplamlari  turli
            ko‘rinishda  va  turli  darajada  mexanik  buzilish  ta’sirida  bo‘ladi.  Ayniqsa,  yerning
            ustki, o‘simliklar uchun hayot elementlariga boy bo‘lgan nozik, yupqa tuproq qatlami
            funksiyasi buziladi. Har qanday foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida, jinslarda
            turli  xil  chuqurliklar  hosil  bo‘ladi  va  ular  tuproq  qoplami  bilan  aralashadi,  ya’ni
            hududni birlamchi relefining tuproq qoplami texnogen ta’sir holatiga keladi (7-rasm).
                   Tuproq  qoplami  ustida  har  xil  tog‘  jinslaridan,  sun’iy  chiqindilardan  iborat
            yangi tog‘ ko‘rinishidagi balandliklar paydo bo‘ladi. Bu o‘z navbatida turli darajada
            unumdorlikka  ega  bo‘lgan  tuproqlarni  mexanik  buzilishga  olib  keladi.  Ayrim
            vodiylarni  kumli  yotqiziqlaridan  rangli  metallardan,  jumladan  oltin  qazib  olishda
            yirik quvvatli, kuchli bosim ostida suv bilan yuvadigan texnikalar ishlatiladi. Ular 50
            metr  chuqurlikdagi  jinslarni qazib  olish  qudratiga  ega.  Bu  texnikalar  mayda  kumli
            jinslarni  gidravlika  bosim  ostida,  suv  bilan  oltinni  yuvib  ajratib  olish  jarayoni
            natijasida  katta-katta  maydonlardagi  o‘simlik  va  tuproq  qoplami  yuvilib
            degradatsiyaga  uchraydi  va  cho‘lga  aylanadi.  Bunday  holat  yildan-yilga  ortib
            boraveradi.
                                                            19
   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24