Page 18 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 18

Mamlakatimizda  8  %  sug‘oriladigan  yerlar  irrigatsion  eroziyaga  moyildir.
            Sug‘oriladigan yerlarning 15 % i tuproq ko‘chishiga moyil. Buning sababi sug‘orish
            kanallarini  o‘pirilishi  hamda sath qiyaligi muhim bo‘lgan dashtlarda boshqa tartibsiz
            yo‘nalishli irrigatsion suvlarning kelishidir.
                   Uyg‘unlashgan  va  diversifikatsiyalashgan  ekin  rotatsiyasining  hozir
            bo‘lmasligi  va  shu  bilan  birga  keng  paxta  va  bug‘doy         ekish    hududlari,    past
            miqdorda organik o‘g‘itlar ishlatilishi va dukkakli ekinlarning kam ekilishi yerning
            ustki qatlamlarida organik miqdorning kamligi va  unumdorlik darajasini pasayishiga
            olib keldi.

                   1-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
                   1.  Tuproq degradatsiyasining qanday turlari va darajalari mavjud?
                   2.  Tuproq  degradatsiyasinig  keltirib  chiqaruvchi  asosiy  omillar  sifatida
            nimalarni bilasiz?
                   3.  O‘zbekiston sug‘oriladigan xudud tuproqlarida degradatsiyaning qaysi turi
            ko‘proq uchraydi?
                   4.  Tuproq  degradatsiya  tiplariga  bo‘lishda  nimalar  asosiy  mezon  sifatida
            qaraladi?
                   5.  Tuproq  degradatsiyasini  rivojlanishida  inson  va  tabiat  ta’sirlarini  o‘rni
            qanday?
                   6.  Degradatsiya turlari biridan ikkinchisiga o‘tishi yoki bir-biriga ta’sir etishi
            mumkinmi?



              2-bob. Tuproqlarning mexanik buzilishi

              §2.1. Yer osti boyliklarini qazib olishda tuproqning
              mexanik buzilishi

                   Tuproqlarning  mexanik  buzilishi  –  bu  tuproqlarning  ustki  genetik
            qatlamlaridan  nozik  kolloid  zarrachalarni  chiqib  ketishi  bilan  belgilanadi.  Kolloid
            zarrachalarni tuproqning ustki qatlamlaridan chiqib ketishi shamol (shamol eroziyasi

            yoki  deflyatsiyasi)  hamda  yerni  ustki  suv  oqimi  ta’sirida  bo‘lishi  mumkin  (Ivlev,
            2002).
                   Bundan tashqari yer osti qazilma boyliklarni qazib olishda, o‘rmonlarni kesish,
            yog‘ochlarni tashish va o‘rmonlarni yonishida, gaz va neft quvurlarini yotqizishda,
            qishloq  xo‘jalik  faoliyati  davrida,  chorva  mollarini  boqishda  va  yerlarni  shudgor
            qilish vaqtida tuproqlarni mexanik buzilishi sodir bo‘ladi (Snakin va b., 1992).
                   Tuproq  qoplamining  mexanik  buzilishi  hududlarda  quduqlarni  parmalashga
            muhandislik  tayyorgarlik  qilishda  va  gaz  quduqlarini  qurishda  ham  sodir  bo‘ladi.
            Bitta  quduqdagi  parmalash  chiqindilarining  umumiy  hajmi,  parmalash  eritmalari,
                                                     3
            turli  xil  reagentlar  bilan  1500  m   ni  tashkil  qiladi.  Bitta  gaz  qudug‘ini  qurish
            jarayonida  tuproq  qoplamiga  78  tonna  parmalash  eritmasi  chiqarib  tashlanadi
            (Dolgopyatova va b., 1982).


                                                            18
   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23