Page 16 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 16
3-jadval
Dunyo bo‘yicha degradatsiyaga uchragan yerlarni umumiy maydoni, mln/ga.
Ko‘rsatkich Shimoliy Markaziy Janubiy Evropa Avstraliya Osiyo Afrika Dunyo
Amerika Amerika Amerika bo‘yicha
Umumiy yer 1885 306 1768 950 882 4256 2966 13018
maydoni, mln.
ga
Antropogen 95 63 243 219 103 747 494 1964
omillar ta’sirida
degradatsiyaga
uchragan yerlar,
mln. ga
Umumiy 5,0 20,0 13,7 23,1 11,7 17,6 16,7 15,1
maydonga
nisbatan - %
Degradatsiya
turlari bo‘yicha
(degradatsiya
uchragan
maydonlar,
foizda):
- suv eroziyasi 63 74,0 50,6 52,3 81,0 59,0 46,0 55,6
- shamol 36,0 7,0 17,2 19,3 16,0 30,0 38,0 27,9
eroziyasi
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, degradatsiga uchragan yerlarning umumiy
maydoni Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikada ko‘proq maydonlarni tashkil qiladi.
Huddi shunga o‘xshash yerlar Yevropada ham ko‘p, ammo Markaziy Amerkada,
Osiyoda va Afrikada esa dunyo bo‘yicha o‘rtacha darajadan degradatsiyaga
uchragan yerlar ko‘proq maydonlarni egallaydi.
Degradatsiya turlari bo‘yicha barcha mintaqalarda suv eroziyasi ko‘proq
maydonlarni tashkil qiladi. Markaziy Amerika va Afrikada yuqori va o‘ta yuqori
darajada degradatsiyaga uchragan yerlar ko‘proq maydonlarni tashkil qilishi bilan
ajralib turadi. Degradatsiya omillari ta’siri nuqtai nazardan qaralganda, Osiyo va
Janubiy Amerikada o‘rmonlarning kamayishi, Afrika va Avstraliyada chorva
mollarni o‘tlatish ta’sirida, Shimoliy va Markaziy Amerika va Yevropada esa
yerlardan samarali foydalanmaslik oqibatida yerlarning buzilishi yuzaga kelmoqda
(5-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat kompleksi barqaror rivojlanishni
ta’minlash hamda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini kengaytirishning asosiy
shartlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning hosildor qatlamini saqlash,
qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish hisoblanadi. Yerlarning tuproq
unumdorligi boshqa tabiiy omillar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish samaradorligi va uning tannarxiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish
salohiyati asosini tashkil etadi.
16

