Page 11 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 11

Quyidagi 1-rasmda ekosistemada (tuproqda) umumiy ko‘rinishda degradatsiya
            hodisasini namoyon qiluvchi ta’sir turlari keltirilgan.



































                  1-rasm. Ekotizimlar va ular reaksiyalarining asosiy antropogen ta’siri turlari
                                        (Degradatsiya i oxrana pochv, 2002).

              §1.2. Tuproq degradatsiyasining asosiy sabablari


                   Tuproqning  degradatsiyaga  uchrashining  asosiy  sababi  ─  bu  tabiiy-iqlimiy
            omillar  va  inson  faoliyati  natijasida  yerlarning  cho‘llanishiga  va  tanazzuliga  olib
            keladi. Bular jumlasiga:
                   - cho‘llanish, o‘rmonsizlashish va boshqalar;
                   - sug‘orma dehqonchilik sharoitlarida yerning ikkilamchi sho‘rlanishi, suv va
            zah bosishi;
                   - tog‘ va tog‘ oldi hududlaridagi tuproqlarning suv va irrigatsiya eroziyasiga
            uchrashi;
                   -   intensiv   ko‘chma      chorvachilik    hududlarida     yaylovlarni  degressiya  va
            tuproqlar deflyatsiyaga uchrashi;
                   -  yerlarning     qishloq    xo‘jaligi    va    sanoatda  o‘zlashtirishdagi  texnogen
            cho‘llanishi;
                   -  agrokimyoviy       vositalar     qo‘llanilishi,    sanoat  va  maishiy  chiqindilar
            tashlanishi  va  ziroatchilikdagi  yakkahokimlik  natijasida  tuproqning  ifloslanishi  va
            hosildorlikning yo‘qotilishi;
                   - Orol    dengizining qurishi va tuz-chang to‘zonlari, aerozol va boshqalarning
            tuproq yuzasiga o‘tirishi hisobiga tuproqlarning sho‘rlanishi (2-rasm).






                                                            11
   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16