Page 8 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 8
1-bob. Tuproq degradatsiyasi turlari va omillari
§1.1. Tuproq degradatsiyasining turlari va unga ta’sir etuvchi omillar
Unumdor tuproq ─ bu inson hayoti uchun yaratilgan tabiiy resurs, toza havo,
toza suvdan ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan buyuk ne’mat.
Fransuz zoolog-ekolog olimi Jan-Dorst ta’biri bilan aytganda, tuproq bizning
eng qimmatbaho boyligimiz. Hayot va yerni ustki biotsenozlari uchun qulaylik, tabiiy
va sun’iy yerning eng ustki yupqa qatlami bilan bog‘liq insonlar hayoti uchun zarur
bo‘lgan barcha mahsulotlar tuproqdan olinadi. Shuning uchun biz tuproqni, ona
zaminni asrab-avvaylashimiz zarur.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992 yil Rio-de-Janeyro shahrida
o‘tkazilgan «Atrof-muhit va rivojlanish» mavzusidagi xalqaro konferensiyasining
qarorida tuproq muhofazasi va undan oqilona foydalalanish davlat siyosatining
markaziy bo‘g‘ini bo‘lishi kerakligi, tuproqning holati insonlarning taqdirini
belgilashi va atrof-muhitga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Ayrim
ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda dunyo bo‘yicha eroziyaga, deflyatsiyaga
uchragan va xafli deflyatsiyaga moyil qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan maydonlar
50 foizdan ko‘pchilikni tashkil qilmoqda va bu jarayon davom etmoqda.
Yer degradatsiyasi degan aniq bir tushuncha yo‘q, chunki ko‘p yerlarning ustki
qismi tuproq qatlamiga ega, shuning uchun bir vaqtning o‘zida tuproq degradatsiyasi
yer degradatsiyasi ham deb yuritiladi. Quyida bir qator mazmuni bir biriga yaqin
bo‘lgan ta’riflar keltirilgan.
“Tuproq degradatsiyasi – bu inson faoliyati ta’siridagi jarayonlar yig‘indisi va
tuproqning insonlar hayotini qo‘llab-quvvatlaydigan qobiliyatini kamaytirishdir”
(Guidelines for General Assessment, 1988).
“Tuproq degradatsiyasi va yer tabiiy va antropogen jarayonlar yig‘indisini
ko‘rsatadigan tuproqning fizik funksiyasining o‘zgarishiga va ularning miqdor va
sifatini hamda xossalarining yomonlashishi, yerlarning tabiiy ishlab chiqarish
ahamiyatining pasayishiga olib keladi” (Metodika opredeleniya razmerov usherba i
degradatsiya pochv i zemel, 1994).
“Tuproq degradatsiyasi – huddi jarayondek belgilanib, mahsulot ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishi aniq va yoki tuproqning potensial qobiliyatining
sifat yoki miqdor jixatdan pasayishidir” (Glass, 1979).
“Mustahkam antropogen yoki tabiiy salbiy jarayonlar xususiyatiga ega bo‘lgan
mahsuldorlikning pasayishiga yoki mahsulot sifatiga va mos ishlab chiqarish
darajasini tiklash uchun harajatlarning oshishi tuproqlarning degradatsiyasi
hisoblanadi” (Gerasimov va b., 2003).
“Tuproq degradatsiyasi – bu tuproq tizimi vazifalarining o‘zgarishi yoki tarkibi
va qattiq fazaning tuzilishi va tuproqning boshqarish vazifalari, mavjud natijalarning
ekologik me’zonlardan chetga burilishi va barcha ko‘rsatkichlari hamda inson va
biotalar uchun muhim vazifalarining yomonlashishidir” (Gerasimova va b., 2000).
“Tuproq degradatsiyasi deganda, barcha tuproq xossalari, funksiyalari
yig‘indisi, tabiiy rejimlari hamda ekologik tizimlar elementi sifatidagi tuproq
8

