Page 12 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 12

2-rasm. Orol dengizining qurigan qismidagi tuproq qoplami.

                   Bundan  tashqari,  tuproq  va  yerlarning  degradatsiyaga  duchor  bo‘lishida
            quyidagi jarayonlar va tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi:

                   1. Mineral va organik o‘g‘itlar hamda pestitsidlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi.
                   Tuproqlarga yuqori miqdorda mineral o‘g‘itlar va pestitsidlarning qo‘llanilishi
            tuproq  strukturasiga  va  ayrim  xossalariga  salbiy  ta’sir  qilib,  uni  eroziyaga  moyil
            bo‘lishiga olib keladi.
                   2.  Meliorativ  ishlar.  Meliorativ  ishlarni  noto‘g‘ri  texnologiyalar  asosida  olib
            borish natijasida tuproqlarning gumusli qatlamini kamayishiga va tuproqni unumdor
            qatlamiga,  tuproq  hosil  qiluvchi  ona  jins  mahsulotlarini  aralashib  ketishiga  olib
            keladi.
                   3.  O‘rmon  qurilish  materiallarini  tayyorlash.  O‘rmon  qurilish  materiallarini
            tayyorlash vaqtida og‘ir texnikalarning harakati o‘rmon qiyiga, o‘simliklar qoplamiga
            salbiy  ta’sir  qiladi  va  daraxt  ildizlarini  ko‘chirishda  u  bilan  ko‘p  miqdorda  gumus
            ham chiqib ketadi, natijada tuproqning ustki gumusli qatlami yo‘qoladi.
                   4. O‘rmon yong‘ini. O‘rmonlarda yong‘in sodir bo‘lganda o‘rmon bilan birga
            o‘rmon  qiyi,  o‘simlik  qoplamiga  salbiy  ta’sir  qiladi  va  natijada  tuproqni  gumusli
            qatlami yo‘qoladi.
                   5. Qo‘riq va torfli tuproqlarning yonishi. Qo‘riq va torfli tuproqlarda yong‘in
            sodir bo‘lganda tuproqni to‘liq organik qismi yonib ketadi.
                   Tuproq  degradatsiyasi  yana  quyidagi  turlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Eroziya
            jarayonlari:  tuproq  faunasi  va  florasiga  salbiy  ta’sir  qiladi,  ya’ni  o‘simlik  qoplami
            o‘zgarishga uchraydi, tuproq unumdorligi pasayadi va natijada cho‘llashish jarayoni
            vujudga  keladi.  Bundan  tashqari  kuchli  shamol,  muzliklarning  siljishi,  ko‘chkilar,
            daryo  toshqinlari,  vulqonlar,  yer  silkinishi,  tayfun,  sunami  va  boshqa  eroziyani
            keltirib chiqaruvchi kuchlar mavjud.
                   Tuproqning unumdorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy jarayonlardan biri - suv
            va irrigatsiya eroziyasidir (Kuznesov, 1989, 1996).  Irigatsiya           eroziyasiga    asosan
            sug‘orma      tipik  va    to‘q    tusli   bo‘z    tuproqli    yerlar  moyil     bo‘ladi.    Bu
            maydonlarning  yarmiga  yaqini  bo‘laklangan  relefli  joylar         va    ularda    irrigatsiya
            eroziyasi      rivojlanish  ehtimoli  cho‘l  hududlaridagiga  nisbatdan  ko‘proqdir.
            Tuproqlarning  yuvilishi  qiyalik  1-2   ga  yetganda  boshlanib,  qiyalik  oshgan  sari
                                                      0
            eroziya jarayoni jadallashadi (Atrof-muhit holatining sharhi, BMT, 2010).
                   Eng xavotirlisi shundaki, irrigatsiya eroziyasi natijasida        tuproqlardan    gumus
            va   oziqlantiruvchi moddalari      yo‘qoladi.  Buning      oqibatida, qishloq    xo‘jaligi  yer
                                                            12
   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17