Page 15 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 15

z)  ikkilamchi  sho‘rlanish  -  irrigatsion  tadbirlarni  tuproqlarning  fizik  va
            kimyoviy xossalarini hisobga olmasdan noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi natijasida yuzaga
            keladi.
                   Shamol, suv, harorat, geologik, antropogen va boshqa omillar ta’sirida eroziya
            yuzaga kelishi mumkin. Rivojlanayotgan tropik davlatlarda yiliga 11 million gektar
            o‘rmon kesiladi, natijada tuproqning unumdor qatlami degradatsiyaga uchraydi. XXI
            asrning birinchi o‘n yilligida AQShda minitraktorlarni ishlab chiqarish keng yo‘lga
            qo‘yildi, chunki o‘tgan davrda, ayniqsa, makkajo‘xori ekilgan dalalarida kuchli, og‘ir
            traktorlarda  ishlov  berish  oqibatida  ko‘plab  maydonlar  eroziyaga  uchradi,  katta
            hududlar cho‘llarga aylandi (4-rasm).















































                               4-rasm. Tuproq degradatsiyasining namoyon bo‘lishi
                                   (Manbaa:  http://www.landcareresearch.co.nz)

                   Natijada  million  tonnalab  tuproqning  ustki  qatlami  qora  bulutga  o‘xshash
            chang-tuzon  shaklida  ko‘tarilib,  unumdorlikning  pasayishiga  olib  keldi.
            Chorvachilikning noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi natijasida ham ko‘plab unumdor yerlar
            degradatsiyaga uchraydi, ya’ni eroziya jarayonining jadallashishiga olib keladi.





                                                            15
   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20