Page 14 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 14

viloyatining  sug‘oriladigan  yerlari,  shamol  ta’siri  ostida  tuproq  deflyatsiyasiga
            uchragan  (Atrof-muhit  holatining  sharhi,  BMT,  2010).  Tuproqning  degradatsiya
            jarayonlariga  chidamliligini  baholashda  bir  qator  muhim  ko‘rsatkichlar  tavsiya
            qilingan (2-jadval).
                                                                                                    2-jadval
                                       Tuproq eroziyasi intensivligi shkalasi
                                 (N.K.Shikula, A.G.Rojkov, P.S.Tregubov, 1973)

               №  Tuproq eroziyasi              Tuproq yo‘qotilishi             Tuproq yuvilishining
                          xavfliligi             intensivligi, mm/yil            o‘lchami, t/ga yilda

               1            Yo‘q                 Tuproq hosil bo‘lish           Yuz beradigan yuvilish
                                             jarayonining jaddalligi kam                  kam
               2           Kuchsiz                   0,5 dan kam                       6 dan kam

               3          O‘rtacha                      0,5-1,0                           6-12
               4           Kuchli                       1,0-2,0                          12-24
               5         Juda kuchli                    2,0-5,0                          24-60
               6          Falokatli                  5 dan yuqori                    60 dan yuqori

                   Bularga:
                     iqlim xususiyatlari va relef tavsifi;
                     ekotizim  komponentining  fitotsenotik  tavsifi:  biomassa,  mahsuldorlik,
            modda aylanishining hajmi va intensivligi;
                     tuproq  xossalari  va  rejimi:  ishqoriy-kislotalik  va  oskidlanish-qaytarilish
            sharoitlari,  suv  rejimi,  granulometrik  va  mineralogik  tarkibi,  kation  almashinishi
            hajmi, gumus miqdori yoki zahirasi (Geoekologiya Severa, 1992; Snakinva b., 1992).
                   Tuproq  eroziyasiga  tabiatda  barcha  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  holatlar
            kiradi,  ya’ni  tuproq  unumdorligini  pasaytiradigan,  tuproq  qoplamini  salbiy
            o‘zgarishga olib keladigan antropogen  omillar shular jumlasidandir;
                   a) iqlim o‘zgarishi - ekstremal ob-havo hodisalarining takrorlanishi va jadalligini
            o‘zgarishi oqibatida kuzatiladigan noqulay gidrotermik sharoitlar;

                   b) kimyoviy eroziya - tuproqda zaharli moddalarning yig‘ilishi;
                   v)  mexanik  eroziya  -  qiyaliqlarda  siljishlarning  sodir  bo‘lishi  natijasida
            agregatlarning aralashishi;
                   g) yerlarni sug‘orish natijasida tuproqlarning sho‘rlanishi - tuproqlarda suvda
            eriydigan tuzlarning to‘planishi;
                   d)  tuproqlarning  o‘ta  namlanishi  va  botqoqlanishi  -  tuproqlarda  muntazam
            namlik ta’sirida sodir bo‘ladigan  bir qator holatlar;
                   ye) cho‘llanish - yer yuzi biologik potensialining yo‘qolishi yoki kamayishi, -
            ushbu jarayon suv resurslarining kamayishi bilan bog‘liq ravishda kuzatiladi, ya’ni
            o‘simlik qoplamini mutlaqo yo‘q bo‘lib ketishi, faunalar uchun boshqa sharoitlarning
            paydo bo‘lishi namoyon bo‘ladi;
                   j) yo‘l va boshqa inshootlarni qurish – geologiya qidiruv ishlarni olib borishda,
            foydali qazilmalarni qazib olishda, qayta ishlashda, o‘simlik va tuproq qoplamining
            yo‘qolishi;
                                                            14
   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19