Page 21 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 21

Mezon 1. Tuproqning unumdorlik qobilyatini saqlash va ushlab turish.
                   Indikator  1.1.  Tuproqlarning  mexanik  buzilishi,  o‘tkir  (xafli)  qiyaliklardagi
            maydonlarni 20 % dan suv ayirg‘ich oldida - 30%, yirik daryolarning irmoqlarida -
            40 % dan oshmasligi kerak.
                   Indikator  1.2.  Doimiy  texnogen  bosim  ostida  bo‘ladigan  joylarda,  tuproq
            qoplami  mexanik  buzilmagan,  o‘tkir  qiyalikdagi  o‘rmonli  massivchalar,  tabiiy
            drenajlarning talab darajasida bo‘lishi va eroziya jarayonini kamaytirish maqsadida
            saqlash kerak.
                   Mezon 2. Tuproq tasnifi bioxilma-xilligini saqlash va ushlab turish.
                   Indikator 2.1. Qazish uchun rejalashtirilgan maydonlarni ustki, gumusli (moxli,
            torfli)  qatlamlarini  keyingi  rekultivatsiya  jarayonlarida  foydalanish  maqsadida
            saqlash lozim.
                   Indikator  2.2.  Zaharli  moddalar  tashlaydigan  joylarda  (sioanid,  azot  oksidi,
            og‘ir  metallar)  o‘simlik  qoplamini  saqlash  va  20  %  maydonlarda  (areal)
            tuproqlarning mexanik buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
                   Indikator  2.3.  Alohida  maydonlarda  spesifik  tabiiy  sharoitda  hosil  bo‘lgan
            tuproq koplamini saqlash va ajratish.
                   Mezon  3.  Tuproqlarni  tiklash  yoki  texnogen  tuproqlarni  tabiiy  texnogen
            tuproqlarga aylantirish.
                   Indikator  3.1.  Biologik  melioratsiya  usullarini  qo‘llash  (mexanik  buzilgan
            yerlar maydoni 50 % dan kam bo‘lmagan holatlarda rekultivatsiya qilingan tuproqlar
            maydoni  75 % dan kam bo‘lmasligi kerak).



              §2.2. O‘rmonlarni kesish va yong‘inlar natijasida tuproqlarning mexanik
              buzilishi

                   Yer  yuzidagi  barcha  o‘simlik  resurslari  ichida  o‘rmonlar  tabiat  va  insoniyat
            hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Ular xo‘jalik faoliyati ta’sirida eng ko‘p ziyon
            ko‘rmoqda (8-rasm).
                                                                                                        2
                   Tabiiy va insoniyat tomonidan ekilgan o‘rmonlar yer yuzining 40 mln. km  ini
            yoki quruqlik yuzasining 1/3 qismini tashkil qiladi. Sayyoraning 30 % nina barglilar

            va 70 % yaproqli o‘rmonlardan iborat. O‘rmon biosferaning barcha komponentlariga
            ta’sir qiladi va muhim rol o‘ynaydi.
                   Tuproq,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘langanki,  bir
            butun birlikni tashkil qiladi, tabiiy mintaqa tushunchasini bildiradi. Tuproq o‘zgarsa
            o‘simlik  qoplami  ham  o‘zgaradi,  o‘simliklar  almashadi  va  hayvonot  dunyosi  ham
            o‘zgaradi. Shu sababli tabiiy mintaqaning asosiy omillari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
            har  qanday  mintaqaning  o‘ziga  xos  tavsifga  ega  bo‘lgan  tuproq  tiplari,  xillari,
            o‘zining o‘simliklari va hayvonot dunyosi shakllanadi.









                                                            21
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26