Page 23 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 23
hududning jarliklar bilan ajratilishining ortishi
deflyatsion jarayonlarning ko‘payishi
qumlar harakatchanligining ortishi
grunt suvlari sathining ko‘tarilishi
torfning ishlanishi
tuproq eroziyalanishining ortishi
sho‘rlangan tuproqlar maydonining ortishi
tuz to‘planish jarayonlarining ortishi.
O‘rmonlarni kesish insonlar jamoa bo‘lib yashay boshlagan davrdan
boshlangan, lekin 19-20 asrlarda yog‘och va yog‘och mahsulotlariga bo‘lgan
talabning ortishi munosabati bilan bu ko‘rsatkich keskin oshib ketdi. Ayrim
ma’lumotlarga qaraganda, oxirgi 10 ming yilda Yer yuzining 2/3 qismini o‘rmon
tashkil qilgan. O‘tgan tarixiy vaqtda 500 mln. gektar o‘rmonlar unumdorligi yo‘q
cho‘llarga aylangan. Bugungi kunda o‘rmonlar juda tez kesilmoqda va butun kesilgan
o‘rmonlarning yarmi ham qayta tiklangan emas. Xalq xo‘jaligi uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan tropik o‘rmonlar tezlik bilan degradatsiyaga uchramoqda va
ularning maydonlari minutiga 26 gektarga qisqarmoqda. Bu jarayon shu tezlikda
davom etsa, u holda tropik o‘rmonlar 25 yildan keyin boshqa landshaftlarga aylanishi
tahmin qilinadi. Kesilgan o‘ta nam tropik o‘rmon yerlari qayta tiklanmaydi, ularning
o‘rnida kam oziqali chakalakzorlar formatsiyasi shakllanadi va tuproq qoplamining
kuchli eroziyaga uchrashi natijasida cho‘llashish jarayoni vujudga keladi.
O‘rmonlarning kesilishi oqibatida daryolarning suv hajmi kamayib bormoqda,
ko‘llar quriy boshlagan, sizot suvlari sathi pasaymoqda, tuproq eroziyasi
kuchaymoqda, iqlim nisbatan quruq va kontinental (o‘zgaruvchan) bo‘lib qolgan, tez-
tez qurg‘oqchilik va changli to‘zonlar yuzaga kelmoqda.
O‘rmonlarni muhofaza qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ─ ulardan oqilona
foydalanish va qayta tiklashdir. O‘rmon hosildorligini oshirish, ularni yong‘inlar va
zararkunandalardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega.
O‘rmon xo‘jaliklarida kesish qoidalariga rioya qilish va boshqarishni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish va ayrim hududlarda qayta o‘rmonlarni kesish 80-100 yildan keyin
amalga oshirish lozim. Masalan, Rossiyaning markaziy Yevropa qismidagi ayrim
viloyatlarida o‘rmonlarni qayta kesish jarayoni ertaroq olib borilmoqda. Bu esa o‘z
navbatida ko‘pchilik o‘rmonli tumanlarda iqlim hosil qilish va suvni boshqarish
ahamiyati yo‘qotilmoqda. Keng bargli o‘rmonlar o‘rniga mayda bargli daraxtlar
ko‘payib bormoqda.O‘rmonlarni muhofaza qilish tadbirlari orasida yong‘in bilan
kurashish katta ahamiyatga ega. Yong‘in to‘liq yoki qisman bo‘lsada o‘rmon
biotsenozini yo‘qotadi. Bu o‘z navbatida o‘simlik qoplamini, hayvonot olami va
boshqalarga katta ziyon keltiradi, oqibatda tuproq degradatsiyasi kuchayishiga olib
keladi (9-rasm).
23

