Page 29 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 29
14-rasm. Yaylovlarning fasllar bo‘yicha o‘zgarishi.
Bular xo‘jalik holatidagi yaylovlarda komplekt shaklda uchraydi. Katta
muammolar tuproq eroziyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning kelib chiqishi va atrof-
muhitda keng uchrashi sababli qarshi kurashish qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Suv eroziyasi oqibati. Yaylovlardan me’yordan ortiq foydalanish, ya’ni o‘t-
o‘simliklar bilan hayvonlarni o‘tlatish jarayonida, ozuqa miqdorini hisobga olmasdan
hisobdan ko‘p hayvonlar boqish, bosim ostida boqish yaylovni degradatsiyaga
uchrashiga, tuproqlarning mexanik buzilishiga va yerlarning cho‘llashishiga olib
keladi. Hayvonlar yaylovlar bo‘ylab harakatlanishi natijasida tuyoqlari orqali
tuproqlarning ustki qoplamiga va o‘t-o‘simliklarga ta’sir qiladi, ya’ni o‘simlikning
yer ustki organlari, bargi, kurtaklari shikastlanadi. Doimiy yaylovlarda faqat
hayvonlarning tuyoqlari orqali ta’siriga moslashgan ayrim ko‘p yillik o‘t-
o‘simliklargina qayta o‘sish va rivojlanish qobiliyatiga ega (ayrim boshoqdoshlar,
podorojniklar, qoqi o‘t, sudraluvchi beda, g‘oz panja va b.).
Hayvonlarning tuyoqlari orqali tuproqlarga ta’sir qilish natijasida ustki
qatlamning zichlanishiga olib keladi, ayrim vaqtlarda uning yuza qismi
deformatsiyalanadi, albatta u tuproqning tuzilishi, mexanik tarkibi, chimlanish
darajasi, relef holati, o‘tlatish tezligi va muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘ va
adirlarning o‘tkir qiya hududlarida hayvonlarning tuyoqlari orqali tuproqlarga ta’sir
qilish natijasida bir necha yo‘laklar paydo bo‘ladi va bular o‘z navbatida eroziyaning
kuchayishiga olib keladi. Tuproq ustki qatlamining zichlashishi bilan, uning suv-havo
rejimi, xossalari o‘zgaradi, o‘zida suv ushlash qobiliyati pasayadi, o‘simliklar turlari
almashadi va tuproqning mexanik nurashi rivojlanadi.
2-bob mavzusi yuzasidan nazorat savollari:
1. Tuproqlarning mexanik buzilishini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar?
2. Tuproqlar mexanik buzilganda uning qaysi xossalari o‘zgarishga uchraydi?
3. Turli tuproq xududlarida mexanik buzilishlar farqldanadimi yoki bir xil
jarayon kuzatiladimi?
4. Tuproqlarni fizik buzilishida xayvonot dunyosini ta’siri qanday o‘rin
tutadi?
5. Tuproqlarni fizik buzilishida sanoat tizimlarining o‘rni qanday?
6. Fizik buzilgan tuproqlarni qayta tiklash yo‘llari bormi?
29

