Page 34 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 34

Hozirgi kunda zichlashgan tuproqlarni yumshatishda samaradorligi 50 % dan
            yuqori  bo‘lgan  usullardan  biri  -  yerlarga  mexanik  ishlov  berish  hisoblanadi.  O‘ta
            zichlashgan tuproqlarni yumshatish maqsadida chuqur haydash yoki chizellash talab
            qilinadi. Yerlarning umumiy yumshatishning samaradorligi 15 % va                 tabiiy omillar
            (bo‘kish-cho‘kish, muzlash-erish) ta’sirida yumshashi 35 % to‘g‘ri keladi.
                   Tuproq  fizik  xossalari  degradatsiyasini  kamaytirish  bo‘yicha  amalga
            oshiriladigan  tadbirlarni  bajarish  energetik  sarf-harajatlar  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu
            energetik  sarf-harajatlar  miqdori  tuproqlar  genezisi  ko‘rsatkichlari  va  degradatsiya
            darajasining  turlari  hamda  tuproqlarning  texnologik  ta’siriga  chidamligiga  bog‘liq.
            Degradatsiya  jarayonining  boshlang‘ich  (kuchsiz  darajadagi)  davrida  tuproq
            xossalarini  yomonlashtiruvchi  omillarni  kamaytirish  yetarli  hisoblanadi.  Buning
            uchun  tuproqdagi  gumus  miqdori  balansini  saqlash  maqsadida  muntazam  yangi
            organik  moddalarni  qo‘llash  bilan  birgalikda  qishloq  xo‘jalik  texnikalari  ta’sirida
            tuproqlarning zichlanishini maqbul darajagacha kamaytirish             va yerga tizimli ishlov
            berishni yo‘lga qo‘yish zarurdir. Tuproqlar haydalma qatlamlarining o‘ta zichlashishi
            va  strukturalarining  buzilishi  natijasida  o‘rta  va  kuchli  darajada  degradatsiyaga
            uchragan  maydonlarda  olib  boriladigan  agrotexnik  tadbirlar  -  tuproq  struturasi  va
            gumus miqdorini ma’lum darajagacha ko‘paytirishga va sifatini oshirish yo‘li bilan
            tiklashga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  kerak.  Gumus  balansini  saqlash  almashlab  ekishni
            hisobga olgan holda yerlarga har xil me’yorda organik o‘g‘itlar solish bilan amalga
            oshiriladi.  Qishloq  xo‘jalik  texnikalari  ta’sirida  tuproqlarni  zichlashishini
            kamaytirishni ta’minlovchi texnik vositalar va texnologiyalarni qo‘llashda tuproqqa
            ishlov  berishni  minimallashtirgan  holda  amalga  oshirish  lozim.  Buning  uchun
            yerlarga  chuqur  ishlov  berish  o‘rniga  mayda  va  yuza  qismiga  ishlov  berish
            texnologiyasi  bilan  almashtirish,  traktorlarning  dalaga  kirishini  kamaytirish
            maqsadida  keng  qanotli  (bir  necha  qatorga  ishlov  beradigan)  texnikalardan

            foydalanish,  traktorlarning  bir  qatnovida  bir  nechta  operatsiyalarni  bajaradigan
            kompleks  ish  qurollari  va  agregatlar  bilan  sozlash  va  mashina-traktorli  agregatlar
            marshrutini kiritish lozim.


              §3.2. Tuproqlarning o‘ta zichlanishi


                   Tuproqning  zichlanishi  ─  bu  fizik  degradatsiyaning  bir  turi  bo‘lib,  tuproq
            mikro-  va  makrozarrachalarining  o‘zgarishiga  (buzilishiga)  aytiladi.  Tuproq
            zichlanishining  belgilari:  g‘ovaklikning  va  suv  o‘tkazuvchanlikning  kamayishi,
            tuproq zarrachalari o‘lchami muvozanatining buzilishi va ularning dastlabki holatiga
            nisbatan o‘zgarishi tushuniladi. Zarrachalar zichlanishining tezligiga bog‘liq ravishda
            deformatsiyaga  uchrashi  va  hatto  yo‘qolib  ketishi  mumkin.  Zichlanishning  yuzaga
            kelishi natijasida bir xil tuproq qatlamlari hosil bo‘ladi va bu qatlam chegarasidagi
            o‘simlik ildizining suvga va kislorodga bo‘lgan talabi yetarli darajada bo‘lmaydi. Bu
            esa o‘simlik va ular ildizlarining o‘sishi va rivojlanishi sekinlashtiradi hamda ildiz
            tizimi tarqalishining buzilishiga olib keladi.
                   Ekosistema  “injenerlari”  bo‘lgan  o‘simlik  ildizlari  faoliyati  ta’sirida  hosil
            bo‘lgan  makrog‘ovaklar  tuproqning  zichlanishiga  nisbatan  o‘ta  sezgir  bo‘ladi.
                                                            34
   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39