Page 30 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 30

3-bob. Tuproqlarning fizik degradatsiyasi

              §3.1. Tuproqlarning fizik degradatsiyasi va uning kelib chiqishi


                   Tuproq fizik xossalarining salbiy tomonga (yomonlashishi) o‘zgarishi, birinchi
            navbatda  strukturasining  va  qatlamlarining  buzilishi  natijasida  suv,  havo  va  oziqa
            elementlar rejimining yomonlashishi tuproqning fizik degradatsiyasi deb tushuniladi.
                   Tuproq  holatining  fizik  degradatsiyasi  nisbatan  keng  tarqalgan.  Tuproqning
            fizik  degradatsiyasi  organik  gumus  akkumulyatsiya  qatlamining  kamayishi  yoki
            boshqa  tuproq  qatlamlarining  yoki  to‘liq  tuproq  profilining  yo‘qolishi  (mexanik
            degradatsiya),  ya’ni  tuproq  profili  mexanik  buzilishi  aniq  fizik  xossalarining
            o‘zgarishi bo‘yicha qayd qilinadi.
                   Ko‘pgina tuproqlar uchun bir qator bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan fizik holati va
            fizik  degradatsiya  holatini  yetarli  tavsiflanishini  aniqlashda  quyidagi  mezonlardan
            foydalanish mumkin:
                   -  g‘ovaklikning tuzilishi  yoki  agregatlarning  g‘ovakligi  yoki quruq  holatdagi
            bo‘lakchalari (fragmentlari), o‘lchamlari 3-5 mm;
                   - teksturali bo‘kish, metodli-cho‘kish teksturali koeffitsienti;
                   - uzluksiz strukturali g‘ovaklik, metodli-agregatlararo g‘ovaklik.
                   Bu  ko‘rsatkichlar  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lishi  mustaqil  aspektlarning  fizik
            holatini tavsiflaydi, ular qabul qilingan xalqaro tizimdagi birliklarda ifodalanadi va
            nisbatan  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  usullar  bilan  oson  o‘lchanadi.  Ular
            tuproqlarning  mexanik  va  mineralogik  tarkibi,  organik  moddalar  miqdori,
            almashinuvchi  kationlar  tarkibi,  struktura  hosil  qiluvchi  (elimlashuvchi)  sementli-
            kolloidlarning  xossasi  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tuproq  strukturasining  xususiyati
            hisoblanadi.
                   Tuproq  holatining  fizik  degradatsiyasida  muhim  omil  uning  qumoq  va  loyli
            mexanik  tarkibli  bo‘lishi,  organik  moddalar  miqdorining  kamayishi  va  uning  sifat
            tarkibi  o‘zgarishi,  jumladan  qishloq  xo‘jalik  texnikalarni  tuproq  qatlamlarini
            zichlashishga ta’siri hisoblanadi. Tuproq qatlamlarining qishloq xo‘jalik texnikalari
            ta’sirida o‘ta zichlashishi tuproq holatining fizik degradatsiyasida muhim omil bo‘lib,
            u tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi (15-rasm).
                   Hozirgi kunda katta quvvatli, ko‘p energiyali texnikalar ta’sirida tuproqlarning
            o‘ta  zichlashishi,  qishloq  xo‘jaligi  jadal  bo‘lgan  har  qanday  davlatda  uchraydigan
            holatdir.  Yiliga  dalalarni  ko‘p  qismlarini  texnikalarda  2-4  marotaba,  ayrim
            maydonlarga 8-16 marotaba ishlov beriladi.
                   Sug‘orish va quritish uchun meliorativ texnik tizimlarini ko‘rish jarayoni ham
            tuproqlarning  zichlashishiga  ta’sir  qiladi  va  natijada  tuproqlarning  haydalma  va
            haydalma osti qatlamlarning strukturasi buziladi, zichligi ortadi, bu esa suv va havo
            o‘tkazuvchanlikning  yomonlashuviga,  nitrifikatsiya  qobiliyatining  pasayishiga,
            hosilning  kamayishiga  (5-20  %  va  undan  ortiq)  va  keyingi  ishlov  berishda  sarf-
            harajatlarning  ortishiga  olib  keladi.  Haydalma  va  haydalma  osti  qatlamlarning
            zichlashishi  kumulyativ  harakterga  ega  bo‘lib,  yildan  yilga  bu  holat  kuchayib
            boraveradi.


                                                            30
   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35