Page 32 - Saidova M. Tuproqlar degradatsiyasi (Elektron o‘quv qo‘llanma)
P. 32
parchalanmaydigan qoldiqlar miqdori ko‘p bo‘lgan, smektitli mineral tarkibli
tuproqlar slitizatsiyaga moyil bo‘ladi.
Sug‘oriladigan tuproqlar fizik xossalarining degradatsiyasi degumifikatsiya
jarayoniga katta ta’sir qiladi. Masalan, Rossiyaning haydaladigan yerlarini 97,3 %
tuproq qoplamini fizik xossalari degradatsiyasiga uchrashiga asosiy sabab, gumus
miqdorining kamayib ketishi bilan bog‘liq. Shu bilan bog‘liq ravishda tuproqni
boshqa xossalari ham yomonlashadi, ularning unumdorligi pasayadi, tuproq massasi
agregatsizlanadi, ya’ni uning strukturasi buziladi, tuproq agregatlari
deformatsiyalanadi va oqibatda tuproq holati fizik degradatsiyaga uchraydi. Tuproq
strukturali holatining degradatsiyasi, organik moddalar miqdorining kamayishi
natijasida va sifatining o‘zgarishi qishloq xo‘jalik texnikalariga va tuproqqa
zichlashtiruvchi ta’sir qiladi. Tuproq degumifikatsiyasi va uning qishloq xo‘jalik
texnikalar bilan zichlanishi, bir vaqtda tuproqning fizik xossalari degradatsiyasini
kuchaytiradi.
Tipik bo‘z tuproqlar gumus miqdorining (1,8-2,1 % gacha) kamayishi suvga
chidamli agregatlar, fulvokislota miqdorining kamayishiga va natijada (kesakli
fraksiyalar miqdorining ortishiga, suvga chidamli fraksiyalarni kamayishiga) tuproq
strukturali holatining buzilishiga olib keladi. Degradatsiyaga uchramagan tuproqlar
fizik xossalari bo‘yicha optimal va unga yaqin ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanib,
tuproqda havoni foydali namlikka bo‘lgan nisbati optimal bo‘ladi va yuqori fizik
darajadagi unumdorlik sharoitini yaratadi. Tuproqlar fizik xossalarining
degradatsiyaga uchraganlik (kuchsiz, o‘rtacha va kuchli) darajasiga qarab turli tuproq
tiplarida ekinlar hosilining kamayishi har xil bo‘ladi. Masalan, kuchsiz
degradatsiyaga uchragan chimli podzol tuproqlarda donli ekinlarning hosili 5-10 %
ga, o‘rtacha degradatsiyalanganganida 10-30 % ga, kuchli degradatsiyalanganida esa
30-40 % va undan ortiqroq kamayishi kuzatilgan.
Xalqaro qo‘llanmalarda degradatsiya bo‘yicha degradatsiya darajasi ayrim
xossalari ifloslovchi komponentlarning absolyut miqdori (kimyoviy degradatsiya)
bilan emas, balki bir holatdan boshqa holatga o‘tish darajasi bilan belgilanadi. Misol
tariqasida degradatsiya darajasini tuproqlar sho‘rlanishining oshish borishini aytish
mumkin. Tuproqlarning sho‘rlanish darajasi ularning elektr o‘tkazuvchanligi bilan
ajratiladi. Kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan gradatsiyasiga, ya’ni bitta gradatsiyaga
o‘tishida degradatsiya darajasi kuchsiz deb hisoblanadi. Kuchsiz sho‘rlangan kuchli
sho‘rlangan tuproqqa o‘tish gradatsiyasi degradatsiyaning o‘rtacha darajasi deb
belgilanadi.
Misol tariqasida Rossiya qo‘llanmasi tasnifi bo‘yicha degradatsiya darajasi
tuproqning u yoki bu xossasining kamayishi yoki ortishi bilan baholanadi (4-jadval).
Birinchi navbatda degradatsiya jarayonlari va hodisalari ikki asosiy yo‘nalishga
bo‘linadi: tuproq materialining o‘zgarishi yoki tuproqning kimyoviy va fizik-
kimyoviy xossasining o‘zgarishi bilan (Glass, 1979).
Tuproq materialining aralashishi degradatsiya hodisasining 2 tipi: suv va
shamol eroziyasida namoyon bo‘ladi. Tuproqning yuqori qatlamlaridagi
moddalarning yo‘qolishi yetkazilgan ziyonning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanib,
tonna/gektar/yil bilan ifodalanadi (5-jadval).
32

