Page 196 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 196

BIR OMILLI DALA TAJRIBALARDA NATIJALARNI

                                      DISPERSION TAHLIL QILISH


                   1.  Bir  yillik  ekinlarda  tajriba  natijalarini  tahlil  qilish.

              Agar tajribada faqat bitta omilning ta’siri o‘rganilsa - bunday tajribalar
              bir omilli tajriba deb ataladi.

                   Bir omilli tajribalar bir yillik  - ikki yillik va ko‘p yillik ekinlarda

              olib  borilishi  mumkin.  Bir  yillik  ekinlarda  tajriba  natijalari  quyidagi
              ketma - ketlikda tahlil qilinadi:

                   1) boshlangich ma’lumotlar hosildorlik jadvaliga kiritiladi, yigindisi

              va o‘rtacha ko‘rsatkichlari aniqlanadi;
                   2) barcha variatsialanuvchi manbalar uchun og‘ishlar (farqlanishlar)

              kvadrati yig‘indisi hisoblab chiqiladi;

                   3) dispersion tahlil jadvali tuziladi va F-kriteriyasi bo‘yicha nolinchi
              gipoteza  tekshiriladi.  Agar  Ff  >  FT  bo‘lsa,  u  holda  ayrim  farqlarning

              mohiyati  aniqlanadi  va  variantlar  (navlar)  NSR 05  asosida  guruhlarga

              ajratiladi.  Agar  Ff<  FT  bo‘lsa  va  N0  rad  etilmasa,  u  holda  tanlamalar
              o‘rtasidagi  barcha  farqlaning  o‘rtachasi  tasodifiy  og‘ish  chegarasi

              bo‘yicha topiladi va bu holatlarda faqat tajriba sch hisoblanadi.
                   2. Ko‘p yillik ekinlarda  tajriba natijalarini dispersion tahlil qilish.

              0’z joyini bir necha yil davomida o‘zgartirmay ko‘p yillik ekinlar bilan

              (ko‘p yillik o‘tlar, mevali daraxtlar, rezavorlar, uzum va boshqalar) bilan
              bog‘liq  tajribalarda  natijalarini  dispersion  tahlil  qilishda  asosiy  e’tibor

              tadqiqot eksperimentlari olib borilgan butun tajriba davomidagi olingan

              natijalardan  kelib  chiqqadigan  xulosalarga  qaratiladi.  Statistik  tahlil
              ikkita bosqichni o‘z ichiga oladi:

                   1. har yilgi ma’lumotlami statistik tahlil qilish,
                   2.  butun  tajriba  jarayoni  davomida  olingan  hosillar  yig‘indisiga

              matematik ishlov berish va statistik tahlil qilish.

                    Ko‘p  yillik  ozuqabop  o‘tlarga  oid  olib  borilgan  tajribadan  misol
              ko‘rib chiqamiz.

                   1- misol. Ko‘p yillik ozuqabop o‘tlar bilan bog‘liq tajribada olingan

              tajriba  natijalari  35-jadvalda  keltirilgan.  Har  yil  ichida  va  ikki  yillik
              tajriba davomida variantlar bo‘yicha farq ishonchlimi?


                                                          196
   191   192   193   194   195   196   197   198   199   200   201