Page 194 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 194
qoldiq soni
Sx 6.08 4.57 3.93 3.64 3.40 3.23 3.11 3.04 3.00
koeffitsienti
Shunday qilib 3 Sxva 3E kriteriyasini ayniqsa 3 Sx=HCP 05, V=16
bo‘lganda qoldiq dispersiyaning erkinlik darajasining soni uchun
qo‘llanishi asosli. Agar V2 < 16 bo‘lsa, u holda o‘rtachalar orasidagi
farqni aniqlash uchun tajribada variantlar soni ko‘p bo‘lmagan
hollardagi statistik tahlilda ko‘p ishlatiladigan uchlamchi xatolami
qo‘llanishi to‘g‘ri emas, o‘rtachalar orasidagi farqni bunday baholash
farqlar orasidagi muhim tafovutni oshirib yuboradi. Bunday hollarda Sx
yuqorida keltirilgan koeffitsient qo‘yilishi kerak, ular boshlang‘ich 3
sonidan 1.5-2 marta yuqori bo‘lishi mumkin.
Dispersion tahlil amaliyotda qo‘llanilgan ekspremental ishlarda
o‘rtachalar orasidagi muhim farqlanishlar ko‘pincha HCP 05 bo‘yicha
aniqlanadi. Bu kriteriy ayrim tafovutlani baholash uchun qabul qilingan.
Tahminiy hisob ishlari uchun 3 Sx va 3E soddalashtirilgan
kriteriylardan foydalanish mumkin.
Qishloq xo‘jalik ekinlari davlat nav sinash tizimida HCP 05 va 3E
asosida barcha navlar 3 guruhga bo‘linadi:
1 guruh- o‘rtacha hosilni standartga (nazoratga) nisbatan HCP
05
bo‘yicha musbat ko‘rsatkichida farqlanishi:
1 guruh - farqlanish ± HCP 05 dan chetga chiqmaydi.
1 guruh - farqlanish HCP absolyut kattaligida manfiy ko‘rsatkich
05
bo‘yicha katta.
Variantlani muhim farqlari bo‘yicha 3 guruhga ajratilishi agrotexnik
tajribalarda ham qo‘llanishi maqsadga muvofiq. Tajriba natijalarini
baholashda eng kichik muhim farqlanishning mohiyatini aniqlashda
quyidagi analoglardan foydalaniladi. Agar torozi 1 kg li bo‘lingan bo‘lsa,
uni qo‘llashda uni bu vazndan kam miqdorda o‘zgartirish yoki xatolik ± 10 g
ortishi mumkin emas. Shunga ko‘ra agar tadqiqotda HCP = 3 s/ga bo‘lsa, u
05
tanlama o‘rtachalarining farqlanishini baholashda bu tajribalar imkoniyati echimini
hal qiluvchi o‘ziga xos bo‘lgan baho hisoblanadi. Agar variantlar o‘rtasidagi farq 3
s/ga dan kam bo‘lsa uni muhim farqlanish deb hisoblash yaramaydi. Bu tushunarli
oddiy holat afsuski ba’zan unitiladi va qo‘shimcha hosil bo‘yicha statistik
ahamiyatga ega bo‘lmagan farqlar bo‘lgan hollarda ham iqtisodiy ahamiyatga ega
deb qaralib, ularni katta maydonlarda tarqalishiga yo‘l qo‘yiladi.
194