Page 191 - Урманова М. Илмий изланиш укув қулланма
P. 191
O‘RTACHALAR ORASIDAGI MUHIM
FARQLARNI BAHOLASH
F kriteriyasi faqat o‘rtachalar orasida farq mavjudligini belgilab
beradi, ammo qaysi o‘rtachalar orasida bu farq mavjudligini
ko‘rsatmaydi. Shuning uchun agar mavjud variantlar F kriteriyasi
bo‘yicha umumiy baho berilishi boshqalardan keskin farq qiluvchi
(Fhaq> Fnaz) variantlar mavjudligini ko‘rsatadi va o‘rganilayotgan
to‘plamda parametrlar tengligi to‘g‘risidagi nolinchi gipotezada inkor
etiladi, u holda qaysi variantlarga muhim farqlar to‘g‘ri kelishi
to‘g‘risida aniqlik kiritilib olinishi lozim. Qachonki Fhaq < Fnaz bo‘lsa
va Shundan kelib chiqib nolinchi gipoteza rad etilganda xususiy
farqlarni baholash olib borilmaydi. Bunday hollarda har qanday
juftliklar orasidagi farqlar tajriba xatoligi atrofida bo‘ladi.
Tajriba ishlari amaliyotida o‘rtachalar orasidagi muhim farqlarni
aniqlashni bir necha usullari qo‘llaniladi. Ulardan nisbatan keng
qo‘llaniladiganlarini ko‘rib chiqamiz.
1. O‘rtacha farqlar o‘rtasidagi eng kichik muhim farqlanishni
ahamiyatini baholash (NSR). Agar tajribada variantlar soni I ta bo‘lsa, u
holda o‘rtachalar orasidagi farq quyidagi formulada aniqlanadi:
Ular orasida muhim va muhim bo‘lmagan farqlar bo‘lishi mumkin.
NSR = ts kriteriyasi ikkita tanlama farqidagi eng kichik xatolikni
d
ko‘rsatishi mumkin. Agar haqiqiy farq d > NSR bo‘lsa, u holda muhim
ahamiyatli, agar d< NSR bo‘lsa muhim emas, ya’ni ahamitsiz.
NSR ni aniqlash uchun dispersion tahlil natijalariga ko‘ra hisoblash
zarur:
O‘rtacha umumlashtirilgan xatosini Sx =
O‘rtacha farqi xatosini Sd =
Tajriba ishlarida variantlar bo‘yicha o‘rtachalarni parallel
taqqoslash amalga oshiriladi va farqlanishlar bo‘yicha xatoliklar
yuqorida keltirilgan formulalar bo‘yicha aniqlanadi. Biroq ba’zan,
191