Page 105 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 105

Na
                            Òuproq−         Ca +    Na    CO =       Òuproq            +  CaCO      3
                                                               3
                                                         2
                                                                                   Na

                         Reaktsiyadan ko'rinib turibdiki, tuproqning singdirish kompleksidagi kalsiy
                  natriy  bilan  tamoman  o'rin  almashadi.  S.  N.  Rijov  usuli  bo'yicha  tuproqda
                  singdirilgan  kalsiyni  natriy  bilan  o'rin  almashishini  ta'minlash  uchun  natriy
                  oksalatdan ekvivalent miqdorda solish maqsadga muvofiqdir, aks holda singdirish
                  komponentlar to'liq o'rin almashishlari mumkin bo'lmay qoladi.
                         Keyinchalik  M.I.Bratcheva  (1957)  kuchli  eritma  sifatida  natriy
                  geksametafosfat  tuzi  eritmasini  taklif  qildi  va  hozirgi  vaqtda  bu  eritma
                  laboratoriyalarda mexanik tarkibni o'rganish uchun foydalanilmoqda.
                         Ishlash  tartibi.  Teshiklari  1  mm.  li  elakchadan  o'tkazilgan  tuproqdan
                  analitik tarozida 20 g olib 250 ml yassi taglik kolbachaga solinadi. Ayni bir vaqtda
                  mexanik  analiz  uchun  olinayotgan  har  bir  tuproq  namunasidan  3-5g  atrofida
                  aloqida byukslarda uning gigroskopik namligini aniqlash uchun tuproq olish kerak.
                  So'ngra 1 gramm tuproqqa 1 ml hisobida natriy geksametafosfat eritmasi solinadi.
                  (ko'pgina  olib  borilgan  tekshirishlar  ko'rsatishi  bo'yicha  tuproqning  singdirish
                  kompleksidagi kaltsiyning o'rnini batamom natriy egallashi uchun
                         1:1  nisbat  etarli  deb  topilgan)  va  u  yaxshilab  tuproq  bilan  qorishtiriladi.
                  Natijada  kolbachada  xamirsimon  bo'tqa  hosil  bo'ladi.  So'ngra  mana  shu  bo'tqa
                                     3
                  ustiga  70-80  sm   distillangan  suv  quyib,  u  yaxshilab  aralashtiriladi.  Shu  tarzda
                  tayyorlangan bo'tqa elektr plitka yoki suv hammomi ustiga qaynatish (bunda kolba
                  og’zida shisha voronka bo'lishi lozim) uchun qo'yiladi.
                         Bo'tqa  bir  soat  davomida  qaynatiladi.  Shundan  so'ng  bo'tqa  xona
                  tempuraturasigacha  sovitiladi.  So'ngra  1  litrli  maxsus  silindrga  bir-biriga
                  kiydirilgan 1-0,25, 0,25-0,1 mm li elakchalar orqali suzib o'tkaziladi. Elakchalarda
                  yiqilib  qolgan  zarrachalar  yaxshilab  yuviladi,  og’irligi  aniq  bo'lgan  chinni

                  piyolacha  yoki  alyumin  byukslarga  solinadi  va  suv  hammomida  parlatish  uchun
                                                                                                               0
                  qo'yiladi.  Piyolachalardagi  suv  to'liq  buqlatilgach,  ular  termostatda  105-110
                  issiqlikda  4-6  soat  davomida  quritiladi.  So'ngra  eksikatorda  sovitilgach,  analitik
                  tarozida  tortilib,  har  qaysi  piyolachadagi  zarrachalarning  og’irligi  va  protsent
                  miqdori aniqlanadi (quyida keltirilgan hisoblash tartibiga harang).
                         Agarda  analiz  uchun  olinayotgan  tuproq  u  yoki  bu  darajada  sho'rlangan
                  bo'lsa, bunday tuproqlarni mexanik analiz qilishdan oldin Cl va SO 4 ionlari tamom
                  bo'lguncha distillangan suv bilan yuvish kerak.
                         Silindrdagi  bo'tana  suyuqlikning  hajmi  1  litrga  etkaziladi.  So'ngra
                  suyuqlikdan  uy  temperaturasini,  tuproq  qattiq  fazasinnng  solishtirma  massasini
                  bilganimiz  holda  ayrim  zarrachalarning  silindrdan  olish  vaqtini  va  olish
                  chuqurligini  belgilab  olamiz.  Suyuqlik  maxsus  o'rnatilgan  pipetkalar  yordamida
                  olinadi.  Pipetkani  silindrga  botirish  chuqurligi  va  namuna  olish  muddati  30-
                  jadvalda ko'rsatilgan.
                         Olingan namuna chinni piyolachaga solinadi va pipetkaga yopishib qolgan
                  zarrachalar  ham  suv  bilan  yuvib  tushiriladi.  Piyolachadagi  loyli  suyuqlik  to'liq
                  buqlatilgach,      termostatda      105°C         issiqlikda quritiladi (4-6 soat), so'ngra
                                                                 104
   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109   110