Page 101 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 101
hosil bo‘lib g‘o‘za, pomidor, bolgar qalampiri va bug‘doyning rivojlanishi yaxshi
yoki bir xil bo‘lgan. G‘o‘za asosiy poyasining balandligi shudgorsiz pushtaga
ekilgan yuqori me’yorda o‘g‘it berilgan variantlarda hamma kuzatish davrida
shudgor qilinganga nisbatan yuqori bo‘lishi kuzatilgan. G‘o‘za rivojlanishi yuqori
me’yorda o‘g‘it berilgan shudgorsiz variantda hosil shoxlari ko‘sak to‘planish,
haydalgan variantga nisbatan bir muncha ustun bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan 2.08
oyida kuzatilishi bo‘yicha haydalmagan variantda hosil shoxlari 0,3 dona ko‘p
bo‘lgan. Yuqori me’yorda o‘g‘it berilgan haydalgan variantda g‘o‘za bosh
poyasining balandligi 2,09 da 129,9 sm ni tashkil qilgan bo‘lsa, shudgorsiz
variantda 132,6 sm ni tashkil qildi. Minimal me’yorda o‘g‘it berilgan shudgorsiz
variantda g‘o‘za bosh poyasining balandligi 100,5 sm ni tashkil qilib, shudgor
qilingan variantdaesa 101,0 sm ni tashkil qilgan. O‘rtacha g‘o‘za hosildorligi
haydalmagan yuqori me’yorda o‘g‘it berilgan variantda 38,9 sga ni tashkil qilgan
bo‘lsa, haydalganda 36,5 sga ni minimal me’yorda o‘g‘it berilgan haydalmagan
maydonlarda hosildorlik 34,5 sga ni haydalganda 33,3 sga ni tashkil qildi.
Qo‘shimcha hosil mos ravishda 2,4-1,2 sga tashkil qildi. Maksimal o‘g‘it berilib
shudgor qilingan variantda pomidor hosildorligi 114,0 sga ni tashkil qilsa, shudgor
qilinmaganlarda 124,4 sga ni tashkil qildi. Minimal me’yorda o‘g‘it berilgan
shudgor qilingan variantga nisbatan pomidorning qo‘shimcha hosili 4,7 s / ga teng.
Pushtada o‘stirilgan maksimal me’yorda o‘g‘it berilgan shudgor qilingan variantda
bolgar qalampirining hosildorligi 84,1 s / ga va shudgor qilinmagan variantda 94,6
s / ga teng bo‘ldi. Kam me’yorda o‘g‘it berilgan shudgorlangan variantga nisbatan
shudgor qilinmagan variantda qo‘shimcha 5,6 s / ga hosil olingan. Kartoshka
hosildorligi minimal ishlov berilgan maksimal me’yordagi o‘g‘it berilganga
nisbatan yuqori bo‘lib 104-109 s / ga, minimal o‘g‘it berilib shudgor qilingan
variantda hosildorlik 98 s / ga to‘g‘ri kelib, shudgor qilinmagan variantda 78 s / ga
teng. Bug‘doy hosildorligi shudgor qilinib maksimal o‘g‘it berilgan variantda
o‘rtacha 62,5 s / ga ni shudgor qilinmaganda esa 70,2 s / ga ni tashkil qilgan bo‘lsa,
minimal o‘g‘it berilib shudgorlangan variantda 48,9 s / ga va shudgor qilinmaganda
55 s / ga teng. Dala tajribasida quyidagi tuproqni mulchalash va ishlov berish
texnologiyasi sinab ko‘rilgan:
G‘o‘zaning birinchi chin barglari hosil bo‘lganda har metrda 12-13 tadan
o‘simlik qoldirilib yagana qilingan. Vegetatsiya ohirida 110-120 ming o‘simlik bir
gektarda qoldi. Tajribada g‘o‘za chilpildi, 2 marta qishloq xo‘jalik
zararkunandalariga qarshi ishlov berildi va 2 marta begona o‘tlardan tozalangan.
Dala tajribasida olib borilgan agrotexnik tadbirlar quyidagilardan iborat: 1)
shudgorlash; 2) shudgor yuzasini tekislash; 3) pushta olish; 4) mulchalash 5)
sug‘orish; 6) ekishdan oldin ishlov berish; 7) chigit, kartoshka, bug‘doy ekish; 8)
kultivatsiya; 9) jo‘yak olish; 10) o‘g‘itlash; 11) yagana qilish; 12) begona o‘tlarni
yo‘qotish; 13) qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi ishlash; 14)
chilpish; 15) hosilni yig‘ishtirib olish.
100