Page 98 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 98
polietilen plyonka bilan mulchalash suv va issiqlik rejimi kabi havo rejimiga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqning issiqlik sig‘imi va solishtirma issiqlik sig‘imi deganda nimani
tushunasiz? Tuproqning hajmiy issiqlik sig‘imi deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi va o‘zlashtiruvchanligi deganda nimani
tushunasiz?
3. Tuproqning radiatsion balansi va issiqlik balansi deganda nimani tushunasiz?
4. Tuproqning pastki qatlamlariga issiqlikning ko‘chish qonuniyatlari haqida
tushuncha bering? Tuproq haroratining sutkalik va yillik o‘zgarish harorati
deganda nimani tushunasiz?
O‘SIMLIKLARNI PUSHTAGA EKISH
AGROTEXNOLOGIYASINING TUPROQ IQLIMIGA TA’SIRINI
O‘RGANISH.
Hozirgi kunga qadar biosferada sog‘lom ekologik muvozanatni va tabiat
himoyasini hamda boshqa tabiat komponentlari bilan aloqadorligini saqlashda
tuproq qoplamining qobiliyati yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu sababli bu
yo‘nalish bo‘yicha to‘liq ilmiy ma’lumot yo‘q, qonuniyatlari ochilmagan. Bu
tuproqshunoslik fanida birdan-bir tagzamin muammolardan hisoblanadi.
Boshqa muhim muammolardan oziq-ovqat mahsulotlari va biologik xom–
ashyo hosil bo‘lishida tuproq qoplamining qobiliyati. Bu muammo insonlarni
qadimdan o‘ylantirib kelmoqda, chunki hayot uchun eng muhim hisoblangan.
Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik hom-ashyo yetishtirish tuproqning asosiy
omillardan bo‘lib, uning unumdorligi bilan uzviy bog‘langan. Har bir tip
tuproqlarning unumdorlik darajasi tuproq hosil bo‘lishida uning hosil qiluvchi
omillar majmuasi ta’siri bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida
inson faoliyati omillardan agrotexnik tadbirlar ko‘pincha qo‘llaniladi.
Sug‘oriladigan hududlar sharoitida asosan g‘o‘za, g‘alla, poliz, yem- xashak,
sabzavot va mevali ekinlar ekiladi.
Yuqorida izohlanganlar shundan dalolat beradiki unumdorligini oshirish,
tabiiy holatini tiklovchi tizim ishlab chiqish zarruligidir. Bu sug‘oriladigan
dehqonchilikda mulchalab ekilgan ekinlarni navbatlash va tuproqga kam ishlov
berish tizimida yerlardan keng foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan
birgalikda tuproqshunoslik fani uchun yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Tuproq unumdorligi xossalarini tartibga soluvchi va qishloq xo‘jalik
ekinlarining hosildorligini oshiruvchi usullaridan g‘alla-paxta-beda almashlab
ekish, 40-60 sm va undan chuqur qatlamgacha yumshatish orqali chuqur haydov
qatlami hosil qilish hamda pushta, qo‘shpushtalarga chigit ekish, turli moddalar va
polietilen plyonka bilan tuproqlarni mulchalash usullaridir. Ammo bu usullarni
amalda juda kam qo‘llaniladi. 97 Masalan, g‘o‘za-g‘alla-beda almashlab