Page 102 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 102

Odatdagi                            Kam ishlov berish
                          O‘g‘itlash                          O‘g‘itlash
                          Shudgorlash                         -
                          Shudgorni tekislash                 -
                          Molalash-chizellash                 -
                          Pushta olish                        Pushtani tuzatish, mulchalash
                          Zahira suvi                         Zahira suvi
                          Kultivatsiya 7 marta                Kultivatsiya jo‘yak olish bilan birga 2
                          Jo‘yak olish 2 marta                marta+mulchalash
                          Fungitsidlar sepish                 Fungitsidlar sepish
                          Insektitsidlar sepish               Gerbitsid sepish
                          Hosilni yig‘ishtirish               Hosilni yig‘ishtirish


                                LABORATORIYA MAShG‘ULOT MATERIALLARI
                  DALADA TUPROQNING MEXANIK TARKIBINI ANIQLASh USULLARI.

                         Mashg’ulotdan  maqsad.  Tuproqning  mexanik  tarkibini  aniqlash,  uni
                  agronomik  jiqatdan  baqolashda  muqim  rol  o'ynaydi.  Tuproqning  issiqlik,  suv
                  o'tkazuvchanlik,  zichlik,  kapillyarlik  xususiyatlari  uning  mexanik  tarkibi  bilan
                  chambarchas boqliq.  Bulardan  tashhari  tuproq tarkibidagi  u yoki  bu kattalikdagi
                  zarrachalarni aniqlash ularni ma'lum klassifikatsiyada birlashtirishga imkon beradi,
                  hamda  ishlov  berish,  suqorish,  o'qitlash  kabi  agrotexnik  tadbirlarii
                  tabaqalashtirishda asosiy ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi.
                         Tuproq  tarkibidagi  mineral  zarralarni  mayda-yirikligiga  qarab  farq  qilish
                  juda qadimdan kishilarni qiziktirib kelgan. Mexanik tarkibni aniqlash uchun juda
                  ko'p usullar taklif qilingan. Bu metodlar 3 ta katta guruqga ajratilgan.
                         1) tuproq namunasini kimyoviy moddalar ishtirokisiz analizga tayyorlash;
                         2) tuproq  namunasini  kimyoviy  moddalar  ishtirokida  analizga  tayyorlash
                  hamda tuproq tarkibidagi uning ba'zi bir harakatchan qismlarini ajratib tashlash.
                         3) tuproq  tarkibidagi  elementlarni  saqlagan  qolda  tuproq  namunasini
                  dispergatsiya  (tuproqni tashkil  etuvchi mexanik  elementlarni bir-biridan ajratish)
                  qilish.
                         Mexanik  tarkibni  quyidagi  metodlardan  foydalanib  dala  sharoitida  yoki
                  laboratoriyada aniqlanadi.
                         Tuproq  zarrachalarining  foiz  hisobidagi  nisbiy  miqdori  ularniig  mexanik
                  tarkibi deyiladi va u mexanik analiz yordamida laboratoriya sharoitida aniqlanadi.
                         «Quruq»  metod.  Buning  uchun  ozgina  tuproq  olib,  qo'lning  kafti  ustida
                  yaxshilab eziladi, so'ngra engil puflab, kaftda qolgan chang zarrachalari miqdori
                  orqali  tuproqning  mexanik  tarkibi,  to'g’risida  mulohaza  yuriladi.  Agarda
                  tekshirilayotgan maydon tuproqining  mexanik tarkibi qancha og’ir bo'lsa, kaftda
                  qolgan zarracha shuncha ko'p bo'ladi. Bu mexanik tarkibli dalada aniqlashning eng
                  qo'pol usuli bo'lib, faqatgina oqir yoki engil tuproq quruqlarini ajratish imkonini
                  beradi.
                         «Loy  xalqachalar»  orqali  aniqlash.  Buning  uchun  3-5  gramm  tuproq
                  kaftga  olinadi  va  bir  oz  suv  qo'shish    101  orqali  xamirsimon  loy  tayyorlanadi.
   97   98   99   100   101   102   103   104   105   106   107