Page 103 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 103
Undan xalqalar yasalib, uning tashqi holatiga qarab qum, qumloq, qumoq, soz kabi
mexanik zarrachalarning guruqlari ajratiladi. Mexanik tarkibiga qarab
tayyorlanilgan xalqalar quyidagicha bo'lishi mumkin (28-rasm).
Tuproq mexanik tarkibini elakchalar yordamida aniqlash. Uning tosh
hamda qumlarini ma'lum guruqlarga (yirik, o'rta, mayda) ajratish maqsadida
ishlatiladi. Odatda tuproqning toshli qismini aniqlash uchun diametri 3 mm dan
katta teshikchali elakchalar qo'llaniladi. Tuproqning toshlilik darajasini aniqlash
ko'pchilik holda dala sharoitida olib boriladi. Buning uchun 1 kg tuproq olib
elakchadan o'tkaziladi. qolgan toshli qismi maxsus junli cho'tkalar yordamida
toshlarda yopishib qolgan mayda zarrachalardan tozalanadi, so'ng 0,1 g
aniqlikkacha texnik tarozida o'lchanadi va uning protsent qisobi topiladi.
Mexanik tarkibi Tekshirilgan namuna morfologiyasi
Qum – arqon hosil
bo’lmaydi
Qumloq – arqoncha
qismlari hosil bo’ladi
Engil qumoq –
eshganda bo’laklarga
ajraladigan arqoncha
O’rtacha qumoq –
butun arqoncha hosil
bo’ladi, halqa hosil
bo’lmaydi
Og’ir qumoq – butun
arqoncha yoriqli xalqa
hosil bo’ladi
Soz – butun arqoncha
va halqa hosil bo’ladi
28-rasm. “Loyqali qalqachalar” qilish orqali tuproq mexanik
tarkibini aniqlash:
1-qum; 2-qumloq; 3-engil qumoq; 4-o'rtacha qumoq; 5-oqir qumoq; 6 -soz.
Hisob-kitob absolyut quruq tuproq vazniga nisbatan protsent miqdorida
aniqlanadi. Buning uchun toshli qismdan undagi gigroskopik namlikni ayiqlash
maqsadida 15-20 g. namuna olib termostatda quritiladi va quruq holdagi vazni
o'lchanadi. Olingan ma'lumotlar asosida tuproqning toshli qism miqdori
ko'rsatkichiga (protsent hisobida) o'zgartirish kiritiladi.
102