Page 104 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 104

Analizni  davom  ettirish  maqsadida  3  mm.  li  elakdan  o'tkazilgan  tuproq
                  namunasidan 100-150 g. olib, chinni qovonchada rezinali (kauchukli) ezgich orqali
                  maydalab  bir-biriga  kiygizilgan  teshiklarinnng  kattaligi  3-1  mm.  bo'lgan
                  elakchada-shag’al, 1-0,5 mm. da - yirik qum, 0,5-0,25 mm da-o'rta qum, 0,25 m.m
                  dan  kichik  elakchada  esa  mayda  qum  miqdorini  aniqlaymiz.  Olingan
                  ma'lumotlardan  absolyut  quruq  tuproq  vazniga  nisbatan  protsent  miqdorini
                  aniqlaymiz.
                         Olingan  ma'lumotlar  aniq  bo'lishi  uchun  qum  zarrachalaridan  chang  va  il
                  ajratilishi  lozim.  Buning  uchun  qum  zarrachalari  toza  suvda  qaynatiladi  yoki
                  maxsus  eritmalar  yordamida  toki  eritma  tiniq  xolga  kelgungacha  ishlanadi.  Shu
                  usul bilan qum zarrachalarining, xattoki toshli qismning miqdori ham topiladi

                  Mustaqil ishlash uchun savollar:
                        1. Tuproqning mexanik tarkibi uni unumdorligiga qanday ta'sir qiladi.
                        2. O'zbekistonda qanday tuproqlar tarqalgan.

                        TUPROQNING MEXANIK TARKIBINI PIPETKA YORDAMIDA
                         O'RTACHA NAMUNA OLISh YO'LI BILAN LABORATORIYA
                                                ShAROITIDA ANIQLASh.

                         Mashg’ulotdan  maqsad. Tuproq  zarrachalarinining foiz xisobidagi nisbiy
                  miqdori ularning mexanik tarkibi deyiladi.

                         Mexanik analiz qilishning hozirgi davrda juda ko'p usullari mavjud. Bular
                  ichida  eng  ko'p  tarqalgan  va  ixchamlashtirilgani  pipetka  metodi  hisoblanadi.
                  Buning  uchun  tuproqnipg  har  xil  katta-kichiklikdagi  zarrachalaridan  suspenziya
                  tayyorlanadi. Suspenziyadan pipetka yordamida o'rtacha namunalar olib ularning
                  tarkibi aniqlanadi, protsent miqdorida hisoblanadi.
                         Pipetkaning umumiy ko'rinishi va kerakli asbob-uskunalar aks ettirilgan. Bu
                  metod  yordamida  (Mexanik  analiz  qilish  2  qismdan  iborat).  Tuproqni  analizga
                  tayyorlash va har xil kattalikdagi mexanik zarrachalarning miqdorini aniqlashdir.
                         Tuproq  namunasini  analizga  tayyorlashning  asosiy  maqsadi-agregatlarni
                  buzish va tuproqning bir-biriga yopishib yotgan mexanik elementlarini to'la-to'kis
                  qismlarga  ajratishdan  iborat.  Bu  jarayonni  tezlatish  uchun  har  xil  kimyoviy
                  eritmalar qo'llaniladi.
                         Natriy  bilan  to'yingan  tuproqlar  esa  suvda  juda  yaxshi  bo'tanalashgan
                  suspenziya hosil qiladi. Natriy oksalat bilan karbonatli tuproq o'rtasida ketadigan
                  reaktsiya quyidagicha:

                               ÒuproqCa+           Na    C   O =     Òuproq         Na  + Ca    C   O
                                                            2
                                                                4
                                                        2
                                                                                    Na         2   2   4
                                    CaCO +         Na   2 C 2 O =    Ca   2 C 2 O +    Na  2 CO   3
                                                                                 4
                                                               4
                                              3

                                                                 103
   99   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109