Page 106 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 106
eksikatorda sovitilib analitik tarozida tortiladi va pipetka bilan olingan tuproq
zarrasining og’irligi topiladi. Boshqa mexanik zarrachalardan ham namuna olish 1-
jadvalda ko'rsatilganidek bajariladi. Silindrdagi suyuqlik har bir namuna olishdan
oldin aralashgich (meshalka) yordamida chayqatiladi.
Har bir gruppa zarrachalarining olish vaqti va chuqurligini Stoksning
quyidagi formulasi orqali topamiz:
2 d1 ch − d
V= − gr2
g n
bu erda,
V - zarrachaning cho'kish tezligi, sm/sek hisobida;
g - jismning erkin tushish tezligi 98 sm/ga teng;
3
d 1 - cho'kadigan zarrachalarning solishtirma massasi, g/sm ;
d - eritmaning solishtirma massasi, g/sm ;
3
n—eritmaning yopishqoqligi (yopishqoqlik temperatura o'zgarishi bilan
keskin o'zgaradi).
Pipetka yordamida quyidagi gruppa mexanik zarrachalar ajratiladi.
I namuna (sekundlik) 4 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator-0,05-0,001
mm (0,05-0,01, 0,01-0,005, 0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik zarrachalar).
II namunada (minutlik) 3 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator -0,01-
0,001 mm (0,01-0,005, 0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik zarrachalar).
III namuna (soatlik) 2 xil zarrachalar yig’indisi + dispergator - 0,005-0,001
mm (0,005-0,001 va 0,001 mm dan kichik zarrachalar),
IV namunada (sutkalik) 1 xil zarracha + dispergator-0,001 mm - dan
kichik.
Har qaysi gruppa zarralar og’irligini hisoblashda, keyingi olingan namuna
og’irligini oldingi namuna og’irligidan olib tashlash bilan zarralarning haqiqiy
og’irligi topiladi. Masalan: 0,01-0,005 mm li ikkinchi gruppa zarrachalar
og’irligini (0,4252 g) birinchi gruppa zarrachalar (0,05-0,01 mm) og’irligidan
(0,6324 g) olib tashlash bilan birinchi gruppa zarrachalariniig haqiqiy og’irligi
aniqlanadi. Oxirgi gruppa (IV namuna) zarrachalaridan esa dispergator og’irligi
olib tashlanishi kerak. Dispergator og’irligi quyidagicha topiladi. Analiz uchun
olingan tuproqqa solingan miqdordagi dispergator (masalan, 20 ml) 1 litrli
silindrga solinadi va bir litrgacha distillangan suv bilan suyultiriladi. Suyuqlik uy
temieraturasiga kelgach, undan pipetka orqali namuna olib, chinni piyolachaga
solinadi va suvli hammomda buqlatiladi. Suyuqlik batamom buqlangach,
termostatda quritilib, eksikatorda sovitiladi va analitik tarozida tortiladi.
Dispergator og’irligi esa oddiy proportsiya yo'li bilan topiladi.
25 ml — a gr
1000 – x
−
1000 х
Х=
25
bu yerda a-chinni piyoladagi quruq qoldiq. Mana shu topilgan miqdor oxirgi
gruppa zarrachadan olib tashlanadi. Shu tartibda aniqlangan har qaysi gruppa
zarrachalarning protsent miqdori 105 quyidagicha hisoblanadi: