Page 99 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 99

ekish  va  tuproqlarni  chuqur  yumshatish  ayrim  xo‘jaliklarda  umuman
                  qo‘llanilmaydi. Respublika bo‘yicha pushtaga ekish 500-550 ming, plyonka ostiga
                  chigit ekish esa 150-200 ming gektarni tashkil qiladi, xolos.
                         Qator  oralari  90  sm  bo‘lgan  pushtalar  asosida  kam  ishlov  beruvchi,
                  mulchalash yangi texnologiya ishlab chiqilishi natijasida maqbul tuproq sharoitlari
                  yaratiladi  va  ushlab  turiladi  hamda  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  hosildorligi
                  oshishi  va  sifati  yaxshilanadi.  Tuproqga  kam  ishlov  berish  bilan  birgalikda
                  mulchalash taklif qilinadigan agrotexnik usul tuproqda qatqaloq bo‘lishini oldini
                  oladi,  barvaqt,  baquvvat  xatosiz  o‘simlik    nihollari  olishini  ta’minlaydi,  atrof
                  muhitni  ifloslanishdan  saqlaydi,  tuproq,  tuz,  oziqa,  havo,  issiqlik  tartibotini
                  yaxshilaydi,  o‘simliklardan  ko‘p  miqdorda  va  arzon  hosil  olishni  ta’minlaydi,
                  hamda  yoqilg‘i-yog‘lovchi  materiallardan,  texnika  va  ishchi  kuchidan  samarali
                  foydalaniladi.
                         Tuproq  unumdorligini  belgilovchi  omillardan  –  bu  tuproqlarni  fizik
                  xossalaridir.  Yetakchi  o‘rinda  tuproq  zichligi  va  haydov  qatlamining  struktura
                  holati  hisoblanadi.  Tuproq  qatlami  zichligi  struktura  tashkil  bo‘lishida  agregat
                  ko‘rsatgichini, suv-havo nisbatini va tuproqda issiqlik almashinishini, qattiq qismi
                  va  bo‘shliqlar  nisbatini,  zarrachalar  miqdorini  va  bir-biri  bilan  aloqadorligini
                  belgilaydi.  Tuproq  qatlami  zichligi  uning  miqdoriy  tarkibiga,  turli  kattalikdagi
                  agregatlar  nisbatiga,  granulometrik  tarkibiga  bog‘liq.  Tuproq  qatlami  zichlik
                  kattaligi tuproqga inson ta’siri tezligini aniq ifodalaydi. Shu sababli tuproq qatlami
                  zichligi  turli  me’yorda  nazorat  qilish  orqali  agroekologik  nuqtai  nazardan  kritik

                  holatni  borligi  yoki  yo‘qligi  haqida  axborot  olish  mumkin.  Tuproqga  texnogen
                  yukni oshishi og‘ir texnikadan foydalanilishi ifodalansa, haydov qatlamiga ishlov
                  berishning  oshishi  yuqori  me’yorda  mineral  o‘g‘itlar  berilishi,  sug‘oriladigan
                  dehqonchilikda  ekin  maydonlarini  kengayishi  har  doim  ekologik  qarama-
                  qarshilikni,  agronomik,  shu  jumladan  agrofizik  nuqtai  nazardan  noqulaylikni
                  keltirib chiqaradi.
                         Ma’lumki,  birdan-bir  tuproq  unumdorligini  oshiruvchi  samarali  usullardan
                  biri  zichlik  qatlamini  tartibga  solishdan  iborat  bo‘lib,  sug‘oriladigan  tuproqlarda
                  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  hosildorligini  oshirish  –  haydov  qatlamini  chuqur
                  yumshatish va 40 sm va undan chuqurga shudgor qilish hamda ularni pushta ustida
                  o‘stirishdan iboratdir.
                         G.M.Meersoning  kuzatishlaricha pushtaga ekish nihollarni barvaqt olishga,
                  g‘o‘za  rivojlanishini  tezlashtirishga  va  paxta  hosildorligini  2-4  sga  oshirishga
                  ko‘maklashishini  va    g‘o‘zani  pushta  ustida  o‘stirilganda  issiqlik,  suv  tartiboti,
                  mikrobiologik  sharoitlarni,  tuproq  haydov  qatlamini  va  g‘o‘zani  oziqlanish
                  tartibotini yaxshilanishi hisobiga hosildorlik oshishini takidlab o‘tgan.
                         A.K.Kashqarov, T. Z. Fayziev, R.Kurvantaevlarning ma’lumotlari bo‘yicha
                  g‘o‘zani  bu  usulda  o‘stirilganda  tuproqda  yumshoq  holat  ushlab  turishga  imkon
                  yaratadi.  U  yaxshi  qiziydi,  g‘o‘zani  o‘sishi  va  rivojlanishi  jadallashadi,  uning
                  hosildorligi esa 3-6 sga oshadi.
                         R.R.Avezov,  B.X.Qosimov,  G.Ya.  Umarov,  S.P.Po‘latov,  I.T.Turapov,
                  R.R.Avezov,         B.X.Qosimovlarning            ma’lumotlari  pushta  yuzasi  quyoshga
                  qaratilib  g‘o‘za  o‘stirilsa  bir  qancha     98  ustunliklarga  ega  bo‘ladi:  radiatsiya
   94   95   96   97   98   99   100   101   102   103   104