Page 96 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 96

Mustaqil ishlash uchun savollar:

              1.      Tuproq iqlimini rayonlashtirish deganda nimani tushunasiz?
              2.      Iqlimshunoslikda  suv  resurslarini  baholashda  qaysi  ko‘rsatkichlardan
                  foydalaniladi?
              3.      Tuproq  -  iqlimini  rayonlashtirish  bo‘yicha  birinchi  marta  qaysi  hududlarida
                  amalga oshirilgan?
              4.      Tuproq  iqlimini  rayonlashtirish  uslublari  va  prinsiplari  deganda  nimani
                  tushunasiz?

                          MULCHALASH AGROTEXNOLOGIYASI YORDAMIDA TUPROQ
                       IQLIM ELEMENTLARINI MO‘TADILLASHTIRISH YO‘LLARINI
                                                        O‘RGANISH.

                         Ma’lumki,  tuproqning  havo  rejimi  gidrotermik  omillarga  bog‘liq  bo‘lib
                  tuproq  iqlimining  tarkibiy  qismlaridan  hisoblanadi.  Karbonat  angidrid  gazining
                  hosil  bo‘lish  jadalligi  va  kislorodga  bo‘lgan  ehtiyoj  sezilarli  darajada  tuproq
                  harorati  hamda  mikrobiologik  jarayonlarning  darajasiga  bog‘liqdir.  Karbonat
                  angidrid gazining hosil bo‘lish tezligi va kislorodning kamayishi tuproq namligiga
                  bog‘liq  hisoblanadi,  quruq  tuproqlarda  bu  jarayon  ancha  sekinlashishi  yoki
                  butunlash to‘xtashi kuzatiladi.
                         Ko‘pchilik  olimlarning  ta’kidlashicha,  tuproq  havosidagi  CO 2  ning

                  miqdoriga o‘simlik ildizlarining nafas olishi katta ta’sir ko‘rsatadi.
                         N.T.Konstantinovaning  (1950)  tadqiqotlariga  ko‘ra,  tuproqlarni  torf,
                  yog‘och qipig‘i, go‘ng bilan mulchalash tuproqda maqbul havo rejimi yaratilishiga
                  imkon  yaratadi.  Tuproqlar  mulchalanganda  CO 2  ni  oshishi  o‘simliklarning
                  fotosintetik jarayonlariga ijobiy ta’sir etib, tuproqda CO 2ning tanqisligini bartaraf
                  etishga yordam beradi.
                         A.Karimov  (1963)  ning  tadqiqotlarida  aniqlanilishicha,  g‘o‘zani  ko‘mir
                  changi  va  qora  qog‘oz  bilan  mulchalash  tuproq  havosida  mulchalanmagan
                  variantlarga  nisbatan  CO 2  miqdorini  bir  necha  barobarga  oshiradi.  Bu  esa  o‘z
                  navbatida  fotosintez  jarayonlarining  tezlashishiga,  assimilyasiya  organlarini
                  ko‘payishiga va g‘o‘zaning hosildorligini ortishiga ta’sir etadi.
                         R.Abduraximovning  (1966)  ta’kidlashicha,  tuproqlarni  neft  chiqindilari
                  bilan  mulchalash  g‘o‘zani  ekish  vaqtida  va  4-5  chin  barglari  hosil  bo‘lguncha
                  tuproqning haydalma va haydalma osti qatlamining havo rejimini yaxshilaydi.
                         Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, havo rejimi tuproq iqlimining
                  asosiy  elementi  hisoblanib  O‘zbekiston  sharoitida  etarlicha  o‘rganilmaganligini
                  hisobga olgan holda Toshkent vohasida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar
                  sharoitida  g‘o‘za  ekishda  tuproq  havo  rejimiga  polietilen  plyonka  bilan
                  mulchalashning  ta’sirini  o‘rganish  bo‘yicha  tadqiqotlar  olib  borildi  (Xoliqulov,
                  Turapov, 1977). Tadqiqot natijalari quyidagi 29-rasmda keltirilgan.
                         Olingan  ma’lumotlarga  ko‘ra, nazorat  va  mulchalangan variantlarda O 2  va
                  CO 2 gazlarining yig‘indisi 21% dan oshmaydi. Polietilen plyonka bilan mulchalash
                  tuproq  havosi  tarkibiga  sezilarli  ta’sir   95  etganligi   kuzatildi.     Mulchalangan
   91   92   93   94   95   96   97   98   99   100   101