Page 95 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 95
miqdoriy tavsiflar tavsiya etiladi:
a) muayyan davrda tuproqning 20 sm chuqurligidagi o‘rtacha harorat
bo‘yicha: sovuq (0-5°C), o‘rtacha iliq (5-10°C), iliq (10-15°C), ancha iliq (15-
20°C), issiq (>20°C);
b) bahorning boshida tuproqning metrli va haydalma qatlamiga mos holdagi
foydali namlik zahirasi bo‘yicha: ortiqcha nam (>200 mm; (>50 mm); nam (150-
200; 30-50 mm); o‘rtacha nam (100-150; 20-30 mm), nam etarli emas (50-100; 10-
20 mm) va quruq (50 dan kam; 10 mm dan kam);
v) yil davomida tuproqda issiqlik almashinuvi (20 sm chuqurlikdagi tuproq
haroratining yillik amplitudasi) bo‘yicha: kichik (10°C dan kam), o‘rtacha (10-
20°C), katta (20°Cdan ortiq);
g) namlik almashinuvi bo‘yicha (issiq davrda tuproqning metrli qatlamidagi
tuproq namligi zahirasining amplitudasi): bir tekis 50 mm dan kam, bir tekis emas
50-100 mm, juda notekis - 100 mm dan yuqori.
Bahorda tuproqning bir metr qatlamidagi foydali namlik zahirasi xaritasi va
tuproqning 20 sm chuqurligi haroratlari bo‘yicha olingan yangi ma’lumotlar
asosida yilning issiq davrlari uchun namlanish va geotermik mintaqalarning
sxematik xaritasi yaratilgan (26 - rasm).
26-rasm. Tuproqlarning geotermik va namlanish mintaqalarining sxematik
xaritasi: 1-etarlicha nam emas, 2-o‘rtacha nam, 3-nam, 4-ortiqcha nam, 5-
geotermik mintaqalar (yilining issiq davri uchun 20 sm chuqurlikdagi tuproqning
o‘rtacha harorati ): I – sovuq, II – o‘rtacha iliq, III – iliq, IV – ancha iliq, V - issiq
Kuzgi ekinlar, ko‘p yillik o‘tlar va bog‘-mevali daraxtlarning qishlashida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yilning sovuq davrlari uchun ham tuproq-iqlim
rayonlashtirish o‘tkazilgan.
94