Page 94 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 94
Nam, unumdor qora va 200-175 75-60 275-250 12,5-11,5 80-70
podzollashgan tuproqlar,
bug‘doy hosili nisbatan
yuqori
O‘rtacha nam, 175-150 60-45 250-225 11,5-10 70-60
ishqorsizlangan qora
tuproqlar, bug‘doy hosili
yuqori
Namlik etarli emas, oddiy 150-125 45-30 225-200 9-8 45-55
va janubiy qora
tuproqlar, bug‘doy hosili
o‘rtacha
Qurg‘oqchil, janubiy qora 125-100 30-15 200-175 8-7 45-40
va kashtan tuproqlar,
bug‘doy hosili juda kam
Quruq, kashtan tuproqlar, 100 15 175 7,0 40
bug‘doy hosili kam
A.R.Konstantinov, V.P.Petkovalar (1969) tomonidan Ukraina Respublikasi
hududlarida kuzgi bug‘doy etishtirishda tuproq-iqlim sharoitining kompleks
ko‘rsatkichi K q dan (kuzgi bug‘doy etishtirishda tabiiy sharoitlarning qulayligi
koeffitsienti) foydalanishdi, ya’ni:
Bu yerda: K H, e - vegetatsiya davrida havo harorati va namligi ta’sirida
hosilning o‘zgarishini ifodalovchi koeffitsient; K W, ,q - tuproqdagi namlik
zahirasini (W ) hisobga olgan holdagi tuproq unumdorligi ( ) darajasi
koeffitsienti; K - o‘simliklarning qishlash sharoiti ko‘rsatkichi koeffitsienti.
Tuproq unumdorligi - gumus, azot, fosfor zahirasi, tuproqning hajmiy
og‘irligiga bog‘liq, ya’ni u tuproqdagi fizik sharoitlarni tavsiflaydi. Kuzgi
bug‘doyning qishlash sharoiti ham havoning -10° dan past haroratlari yig‘indisi va
shunday haroratli kunlardagi qor qoplamining o‘rtacha qalinligi bilan aniqlanadi.
Ko‘rsatilgan har bir koeffitsient optimal sharoit ko‘rsatkichi sifatida qabul
qilingan nisbiy hosil miqdori bilan ifodalanadi. Ko‘rsatkichlarni topish uchun hosil
miqdorining har bir tuproq-iqlim sharoiti bilan miqdoriy bog‘liqligi belgilangan.
Ko‘p yillik ma’lumotlar asosida olingan har bir koeffitsient va kompleks
ko‘rsatkichlar (uchchala K ning ko‘paytmasi) miqdori tuproq xaritasiga kiritilgan,
ya’ni muayyan gradatsiyalar bo‘yicha rayonlar va kichik rayonlar izoliniyalar bilan
ajratilgan; umumiy tuproq-iqlim ko‘rsatkichi K q va tuproq unumdorligining bir
tomonlama tavsifi bo‘yicha hududlar chiziqlar bilan belgilangan.
Shunday qilib tuproq-iqlim rayonlashtirish bir tomondan alohida hududlar va
asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari bo‘yicha mustaqil tabiiy rayonlashtirish hisoblansa,
ikkinchi tomondan esa agroiqlim hamda kompleks fizik-geografik
rayonlashtirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
MDH hududlari tuproq iqlimini 93 rayonlashtirish tizimi sifatida quyidagi