Page 91 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 91
Bu yerda: W V - may oyining birinchi dekadasida tuproqning 0-100 sm
qatlamidagi foydali namlik zahirasi; W VII – iyul oyining uchinchi dekadasida
tuproqning 0-100 sm qatlamidagi foydali namlik zahirasi; X - may, iyul oylaridagi
yog‘ingarchiliklar miqdori; E 0 - bug‘lanish.
V.M.Kravsov tuproq iqlimining tuproq tiplariga (kashtan, janubiy qora
tuproq, oddiy qora tuproqlar) bog‘liqligini aniqladi va Kulundin cho‘lini 3 ta
rayonga (tuproq iqlimining 3 ta mintaqaviy turiga ) ajratdi:
- juda issiq, o‘rtacha quruq, doimiy qurg‘oqchil;
- issiq, namlik etarli emas, doimif qurg‘oqchil emas;
- issiq, o‘rtacha nam, doimiy namlanmagan.
1963-1966 yillar davomida Moskva Davlat Universiteti geografiya fakulteti
ekspeditsiyasi tomonidan o‘tkazilgan dala va kameral izlanishlar natijasida
Shimoliy Qozog‘istonda agroiqlim (tuproq-iqlim) rayonlashtirish amalga
oshirilgan. Bunda tuproq, landshaft va agroiqlim xaritalaridan foydalanilgan.
Moskva universiteti Oltoy ekspeditsiyasi (1967-1971 yillar) tomonidan olib
borilgan izlanishlari natijasida Oltoy o‘lkasi bo‘yicha tuproq iqlimining o‘rtacha
ko‘p yillik o‘zgarish xususiyatlariga ko‘ra boshqa tabiiy komponentlar bilan
bog‘liqlikdagi geografik tarqalish qonuniyati ochib berildi. Quyidagi 36 - rasmda
Oltoy o‘lkasining tuproq-iqlim resurslari ko‘rsatilgan (Alekseeva, Shulgin, 1971).
Bu erda tuproq iqlimining mintaqaviy xususiyatlari tuproq tuplari bilan uzviy
bog‘liqligi namoyon etilgan (Shulgin, 1948). Bir vaqtning o‘zida mazkur
hududlarda Novosibirsk va Oltoy gidrometeorologik stansiyasi tomonidan
I.A.Golsberg (1967, 1969) va L.S.Kelchevskaya, L.I.Polevaya (1970) lar
tomonidan ishlab chiqilgan uslub asosida tuproq iqlimini hisobga olgan holdagi
agroiqlim rayonlashtirish o‘tkazilgan.
Keyingi vaqtlarda ayrim regionlarni umumiy tuproq-iqlim rayonlashtirish
bilan bir qatorda tuproq-iqlim resurslarini baholash va muhim qishloq xo‘jalik
ekinlarining o‘sib-rivojlanish sharoitlariga muvofiq bo‘lgan maxsus tuproq-iqlim
rayonlashtirish ishlari ham o‘tkazilmoqda.
Masalan, Moskva Davlat Universitetining Oltoy ekspeditsiyasi tomonidan
kuzgi javdar, bahorgi bug‘doy, makkajo‘xori, qand lavlagi kabi ekinlarning o‘sib-
rivojlanish sharoitlari mos bir qancha maxsus tuproq-iqlim xaritalari tuzildi
(Alekseeva, Kelchevskaya, Sennikov, Slyadnev, Chirkov, Shulgin) va bu xaritalar
tuproq iqlimining asosiy ko‘rsatkichi sifatida qo‘llanilmoqda.
Oltoy o‘lkasida bahorgi donli ekinlarni etishtirish maqsadida tuproq-iqlim
resurslarini baholashda quyidagi (Alekseeva, Shulgin, 1971) ko‘rsatkichlar
qo‘llanilgan (27-jadval).
Ushbu jadvalda Oltoy o‘lkasi hududi tuproqlarining geografik
mintaqalanishiga ko‘ra, namgarchil va qurg‘oqchil kelgan yillardagi
o‘simliklarning namlik bilan ta’minlanganligi va tuproq namligining kompleks
ko‘rsatkichlari orasidagi farq keltirilgan.