Page 87 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 87

iqlim, rayon, kichik rayonlar); tipologik iqlim komplekslari - fatsiya mikroiqlimi va
            tabiiy chegaralar mikroiqlimi (24-jadval).
                   Tuproq  gidrotermik  rejimining  quyidagi  miqdoriy  tavsiflari  mintaqalar  va
            kichik mintaqalar ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi: tuproqdagi 10°C yuqori haroratlar
            yig‘indisi,  issiqlik  va  namlik  muvozanati,  20  sm  chuqurlikdagi  tuproqning  issiq
            davridagi va yillik o‘rtacha harorati, yanvar oyidagi tuproqning 40 sm chuqurlikdagi
            harorati,  may  oyining  birinchi  dekadasida  tuproqning  metrli  qatlamlaridagi  foydali
            namlik zahirasi. O‘rganilgan hududda uchta kichik mintaqa ajratilgan:
                   a)  etarli darajada issiq emas, doimiy ortiqcha namlangan tuproqlar
                   b)  o‘rtacha issiq, etarlicha namlangan tuproqlar
                   v) issiq, doimiy bo‘lmagan o‘rtacha namlangan tuproqlar
                                                                                                  24-jadval
                       Barabin pasttekisligi tuproq iqlimini rayonlashtirishning taksonomik
                                                     birligi tizimi

                     Regional mintaqaviy va mintaqa ichi iqlim                      Tipologik iqlim
                                     komplekslari                                    komplekslari

                       Mikroiqlim                    Mahalliy iqlim                    Mikroiqlim
                 Mintaqa         Kichik          Tuman           Kichik          Fatsiya         Tabiiy
                                mintaqa                          tuman                         chegaralar

                   Mahalliy  iqlim  (rayon,  kichik  rayon)  tuproq  zonal  iqlimining  biror  bir
            hududlarida  o‘ziga  xos  azonal  omillar,  ya’ni  tuproq  qoplamiga  bog‘liq  ravishda
            iqlimning  havoning  er  ustki  qatlamlaridagi  va  tuproqdagi  o‘zgarishi,  mezorelef,
            o‘simlik qoplami tavsifi kabilar ta’sirida vujudga keladi
                   Rayonlar tuproq namligining xar xilligi bilan tavsiflanadi. Kichik rayon tuproq-
            iqlim  rayonining  bir  qismi  bo‘lib,  taksonomik  qatorning  quyi  regional  birligi
            hisoblanadi. U rayon ichidagi alohida dalalararo tafovutlarning yuza kelishi asosida,
            shuningdek  tabiiy  chegaralar  tuproq-mikroiqlim  tiplarini  birlashtirish  yo‘li  bilan
            ajratiladi. Kichik rayonlar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: tuproqning 10
            sm  chuqurlikdagi  5°C  dan  yuqori  oylik  o‘rtacha  haroratlari  yig‘indisi,  tuproqning
            metrli qatlamidagi foydali namlik zahirasi, tuproqning namlik zahirasi va haroratlari
            yig‘indisining  takroriyligi,  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  rivojlanishi  fazalarining
            boshlanish  muddati  va  boshqalar.  Barcha  miqdoriy  ko‘rsatkichlar  asosiy  tuproq
            tiplariga mansubdir.
                   Barabin pasttekisligi chegaralarida 6 ta rayon va 25 ta kichik rayon (mahalliy
            tuproq iqlimi) ajratilgan.
                   Tuproq  mikroiqlimining  tipologik  komplekslari  mintaqa  ichi  iqlim  turidagi
            fatsiya  tiplari  va  tabiiy  chegaralar  tiplari  bo‘yicha  ajratiladi.  Ajratish,  asosan,
            tuproqdagi  issiqlik  almashinuvi  jadalligi  ko‘rsatkichlari  (kal/sm   sutka)  va  issiqlik
                                                                                      2
            almashinuvi  jadalligi  koeffitsienti  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  Bunda  issiqlik
            almashinuvi jadalligi koeffitsienti tuproq tiplaridagi yuqori issiqlik oqimi bo‘ladigan
            davrdagi  issiqlik  almashinuv  qiymatining  nazoratga  nisbatini,  ya’ni  shu  davrdagi
            mintaqaviy  tuproq  tipidagi  issiqlik  almashinuvi  qiymatlariga  nisbatini  ifodalaydi
            (Barabin  pasttekisligi  ishqorsizlangan  qora  tuproqlarda).  Bu  tavsiflar  yil  davomida
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92