Page 85 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 85
rayonning tavsifi quyidagi 22-jadvalda berilgan. SHimoliy-G‘arbiy hududlarning
rayonlashtirilishi ham shu tariqa amalga oshirilgan.
22-jadval
MDH hududlari tuproqlarining issiqlik rejimi ko‘rsatkichlari
20 sm chuqurlikdagi tuproq
haroratining o‘rtacha sutkalik 100 dan yuqori harorat
Tuman Tuman o‘tishi
raqami 50 ga 100 ga Davrning
Darajalar
Erta Kech Erta Kech yig‘indisi davomiyligi
(kun)
I Eng issiq 10V - 2VI - ˃ 1400 ˃105
II Issiq 10V 14V 2VI 4VI 1400 105
O‘rtacha
III 15V 19V 5VI 9VI 1300 95
issiq
IV Mu’tadil 20V 24V 10VI 14VI 1150 90
O‘rtacha
V 25V 29V 15VI 21VI 100 85
sovuq
VI Sovuq 30V 4VI 22VI 30VI 800 70
VII Juda sovuq 5VI - 1VI - ˂800 ˂70
Batafsil tuproq xaritalash uslubiga asoslangan holda Vologod va Bryansk
viloyatlarida ham tuproq iqlim rayonlashtirish o‘tkazilgan (23-jadval, Golsberg,
1969).
Turli tuproqlar iqlim o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatkichi sifatida bahorda
tuproqlarni yumshatish muddati va 10 sm chuqurlikdagi tuproqning iyun-sentyabr
oylaridagi harorati yig‘indisi olingan.
Tadqiqotlar olib borilgan viloyatlar tuproq xaritasini havo va tuproqning
issiqlik rejimi bilan taqqoslash natijasida tuproqlarning mexanik tarkibi va issiqlik-
fizik xususiyatlari bo‘yicha «issiq» (qum va qumli) hamda «sovuq» (og‘ir qumoq,
qumoq, torfli va loyli) tuproqlar maydonlari va bo‘limlar ajratildi. Issiq tuproqlarda
10 sm chuqurlikdagi haroratlar yig‘indisi 250-300°C ni tashkil etgan. Bundan farqli
ravishda sovuq tuproqlarda 10 sm chuqurlikdagi haroratlar yig‘indisi havo harorati
yig‘indisidan pastligi kuzatiladi. 35-rasmda Bryansk va Vologod viloyatlaridagi 10°C
dan yuqori havo harorati yig‘indisi bilan 10 sm chuqurlikdagi tuproq haroratlari
yig‘indisi o‘rtasidagi bog‘liqlik ifodalangan.
23-jadval
Vologod viloyatida ajratilgan agroiqlim rayonlarining tavsifi
Tuman Ajratilgan rayonlar Harorat yig‘indisi Tuproqni
raqami 10°C dan VI-IX dagi yumshash
yuqori havo tuproq (0,1m) muddati
I Markaziy mintaqa, o‘rtacha issiq 1700 1900 1-5V
a) qumoq tuproqlar,
b) gleyli mineral torfli- botqoq tuproqlar